360-gradus kenglikdagi manzara videosini suratga oladigan kamera taqdim etildi
02.09.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

360_2_09_2016

Yaponiya Casio kompaniyasi mutaxassislari EXILIM qurilmasi qatorida ishlab chiqariladigan ajoyib kamerani taqdim etdilar. Uning o‘ziga xosligi shundaki, 360-gradus manzara videosini suratga ola oladi.

Bunday videoroliklarni virtual reallik ko‘zoy­nagida tomosha qilish qulay bo‘lib, suratga olish joyini to‘liq aks ettirish imkonini ta’minlaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, kamera modulli konstruksiyaga ega va bir necha kameralardan jamlangan murakkab qurilmadir, shu sababli kengaytirilgan funksionallikka ega. Bundan tashqari, konstruktsiyasi istalgan natijaga erishish uchun bir obyektivda ham, bir necha obyektiv bilan ham suratga olishi mumkin. Kameralar ko‘rsatkichlariga kelsak, uning imkoniyatlariga ko‘ra, 3840 x 2160 qamrovi bilan videoni 4K formatida suratga olishi mumkin, bunda suratga olish tezligi bir soniyada 30 kadrni tashkil etadi. Suratga olish tezligini oshirish uchun tasvir sifatidan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Kompaniya matbuot-xizmati ma’lu­motlariga muvofiq, yangi kamera do‘konlarga joriy yil kuz faslida chiqariladi, biroq qurilma bahosi ma’lum qilinmagan va umuman jahon bozoriga taqdim etilishi haqida biror fikr bildirilmagan.

Manba: www.onegadget.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq