«Yangi Internet tashabbusi» Tanlovi
30.08.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

uz_30_08_2016_4

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, O‘zbekistonda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini (ATK) rivojlantirish Fondi ko‘magida hamda  UZINFOCOM Markazi va boshqa tashkilotlarning tashabbusi bilan «Yangi Internet tashabbusi» Tanlovi yo‘lga qo‘yilganligi e’lon qilinmoqda.

uz_30_08_2016

Tanlovning asosiy maqsadi – Internet tormog‘ining milliy segmentini rivojlantirish, foydali va yangi internet-manbalar miqdorini oshirish, yangi internet-manbalar yaratish borasida barcha qiziquvchi shaxslar va iqtidorli yoshlar uchun sifatli manbalarni ishlab chiqishda zarur sharoitlarni yaratish  imkoniyatlarni taqdim etishdan iborat.

uz_30_08_2016_1

Mazkur Tanlov 2016-yil 15-avgustdan ish boshlaydi. Unda O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi, ariza berish paytida to‘liq 18 yoshga to‘lgan barcha jismoniy shaxslar, hamda ishchi guruhlar va yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

uz_30_08_2016_2

Saralash bosqichida ishtirok etish uchun arizalarni 2016-yil 15-oktabr kuniga qadar tanlovning rasmiy sayti http://uzinfocom.uz/  yoki quyidagi elektron manzilga yuborish mumkin: tanlov@uzinfocom.uz.

uz_30_08_2016_3

Tanlov bosqichlari:

1-bosqich: Dolzarb Loyihalarni saralash – 2016-yil 15-avgustdan – 2016-yil 15-noyabrgacha;

2-bosqich – Loyiha ishlab chiqaruvchilarni tanlab olish – 2016-yil 15-noyabrdan – 2016-yil 30-dekabrgacha;

3-bosqich – Internet resursni ishlab chiqish – 2016-yil 15-dekabrdan – 2017-yil 15- dekabrgacha;

4-bosqich: G‘oliblar tomonidan loyihalarni informatsion va texnik qo‘llab-quvvatlash – 2017-yil 1-apreldan – 2018-yil 30-aprelgacha.

Yakuniy bosqichda Tanlov tashkilotchilari va hamkorlardan iborat bo‘lgan hay’at a’zolari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov g‘oliblarini aniqlaydilar:

  • Madaniyat va san’at;
  • Sog‘liqni saqlash;
  • Ta’lim, shuningdek, yosh avlodni tarbiyalash bo‘yicha innovatsion g‘oyalar;
  • Xorijiy tillarni o‘rganish;
  • O‘zbekiston o‘simlik va hayvonot dunyosi;
  • O‘zbek tili va adabiyoti;
  • Turizm;
  • Sport;
  • Erkin nominatsiya.

Barcha nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar o‘z loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek DUK UZINFOCOM Markazi tomonidan texnik yordam oladilar.

Tanlov qoidalari va batafsil ma’lumotlarni www.internet-tashabbus.uz rasmiy saytidan olish mumkin.

Murojaat uchun:

  • E-mail: tanlov@uzinfocom.uz
  • Telefon:
  • Manzil: O‘zbekistan Respublikasi, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 28 B.

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq