«O‘zbektelekom» AK ishtirokida «Jizzax» MIZ maxsus industrial zonasida ishlab chiqarish qo‘shma korxonalarining ochilish marosimi o‘tkazildi
26.08.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

siz_26_08_2016

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi bayrami arafasida «Jizzax» MIZ maxsus industrial zonasida Milliy telekommunikatsiyalar operatori «O‘zbektelekom» AK va Xitoy Xalq Respublikasi investorlari ishtirokida, bir vaqtda uchta ishlab chiqarish qo‘shma korxonasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

siz_26_08_2016_1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-sentabrdagi F-4131 son Farmoyishiga muvofiq «Jizzax» MIZ hududida uchta qo‘shma korxona: «BROADBAND SOLUTIONS» QK, «ZTT TELEKOM» QK va «SMART VISION» QK tashkil etilgandi.

siz_26_08_2016_2

«BROADBAND SOLUTIONS» qo‘shma korxonasi eng zamonaviy telekommunikatsiya uskunalari (xPON optik tarmog‘i qurilishi uchun aktiv elementlar xPON)» ishlab chiqaradi.

siz_26_08_2016_3

«BROADBAND SOLUTIONS» QK kompaniyasi xorijiy investor – Huawei Technologies kompaniyasi (XXR) va «O‘zbektelekom» AK ishtirokida «Telekommunikatsiya uskunalarining (optik tarmoqlar qurish uchun aktiv elementlari) ishlab chiqarilishini tashkil etish» loyihasi doirasida tashkil etilgan.

siz_26_08_2016_4

«BROADBAND SOLUTIONS» ishlab chiqarish liniyalarida xPON tarmog‘i qurilishi uchun OLT (stantsiya uskunalari), MXU (ko‘cha taqsimlovchi uskunalari), ONT (abonent terminali) ishlab chiqarilmoqda.

siz_26_08_2016_5

siz_26_08_2016_6

«ZTT TELEKOM» MChJ QK xorijiy investor – «ZTT» kompaniyasi (XXR) va «O‘zbektelekom» AK ishtirokida «Telekommunikatsiya uskunalarining (optik tarmoqlar qurish uchun passiv elementlari) ishlab chiqarilishini tashkil etish» loyihasi doirasida tashkil etilgan.

siz_26_08_2016_7

«ZTT TELEKOM» MChJ QK ishlab chiqarish liniyalarida: turli konnektorli (pigteyllar, patchkordlar) ulanish optik tarmoqlarini qurish uchun optik-tolali kabel montaj materiallari ishlab chiqariladi:

siz_26_08_2016_8

— optik kabel turli sig‘imdagi optik tarmoq qurilishi uchun tashqi telekommunikatsion taqsimlovchi shkaflar ishlab chiqariladi.

siz_26_08_2016_17

«SMART VISION» MChJ QK ZTE Corporation kompaniyasi xorijiy investor – «ZTT» kompaniyasi va «O‘zbektelekom» AK ishtirokida, «IP va videotelefonlar ishlab chiqarishni tashkil etish» loyihasi doirasida tashkil etilgan.

«SMART VISION» QK ishlab chiqarish liniyalarida xPON tarmog‘i foydalanuvchilari uchun IP telefonlari va videotelefonlar ishlab chiqariladi.

siz_26_08_2016_9

Barcha uchta qo‘shma korxona «Jizzax» MIZda ro‘yxatga olingan bo‘lib, amaldagi qonunda belgilangan imtiyozlarga ega hamda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar ro‘yxati uchun muvofiqlik sertifikati olishga muyassar bo‘lgan.

siz_26_08_2016_10

siz_26_08_2016_11

Yangi qo‘shma korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar O‘zbekiston telekommunikatsiyalar bozorida, korxonalar va tashkilotlar orasida ham, foydalanuvchilar orasida ham keng talabga sazovor. Bu, ayniqsa, O‘zbekiston telekommunikatsiyalari tarmoqlarini keng miqyosli modernizatsiyasi sharoitlarida muhim bo‘lib hisoblanadi.

siz_26_08_2016_12

O‘zbekiston telekommunikatsiyalari tarmoqlarini keng miqyosli modernizatsiyasi sharoitlarida muhim bo‘lib hisoblanadi.

siz_26_08_2016_13

Yangi ishlab chiqarish korxonalari nafaqat O‘zbekiston telekommunikatsiyalar infrastrukturasini ilgari xorijiy valyutalarga sotib olingan va hozirda O‘zbekiston sharoitida ishlash uchun tayyorlangan yangi uskunalar bilan ta’minlash, balki 50 nafardan ortiq, jumladan, Jizzax kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish joyi bilan ta’minlash masalalarini hal etadi.

siz_26_08_2016_14

siz_26_08_2016_15

Yangi qo‘shma korxonalarning ochilish marosimida Jizzax viloyati Hokimiyati, xorijiy investorlar, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «O‘zbektelekom» AK, shuningdek, «Jizzax» MIZ maxsus industrial zonasi vakillari ishtirok etdilar.

siz_26_08_2016_16

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq