HUAWEI kompaniyasi “UzReport” axborot agentligi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi
23.08.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

huawei_23_08_2016

Huawei kompaniyasi («Huawei Tech Investment Tashkent» MCHJ XK) va “UzReport” axborot agentligi o‘rtasida hamkorlik shartnomasining imzolanishi shu yilning boshida o‘rnatilgan hamkorlikning mantiqiy davomi bo‘ldi. “UzReport” AA ning axborot hamkori sifatida tanlangani tasodifiy emas. Bugungi kunda “UzReport” O‘zbekistondagi axborot bozorining tan olingan yetakchilaridan hisoblanadi.

Agentlikning media-resurslari (“UzReport TV” telekanali, UzReport (www) axborot porali va “Biznes-vestnik Vostoka” moliyaviy-iqtisodiy gazetasi) ning tezkorlik bilan ishlash imkoniyatlari Huawei kompaniyasining kommunikatsiya siyosatiga to‘liq mos keladi. Hamkorlik doirasida Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi va dunyodagi faoliyati va yutuqlari haqida materiallarni tayyorlash, hamda ularni elektron ommaviy axborot vositalari va matbaa nashrlariga tarqatish nazarda tutilgan. Shuningdek, o‘ta yangi IT-ishlanmalar va ushbu bozor rivojlanishining so‘nggi tendensiyalariga bag‘ishlangan maxsus television dasturni yaratish ham o‘rin olgan. Hamkorlik shartnomasi bir yilga tuzilgan bo‘lib, tomonlar hamkorlikni yana davom ettirishga niyat qilishgan.

“Huawei kompaniyasi dunyodagi infokommunikatsion loyihalarni yetkazib beruvchi va innovatsion maxsulotlarni yaratuvchi yetakchi kompaniya sifatida tanilgan. Mazkur hamkorlik loyihasi doirasida bizning asosiy vazifamiz ijtimoiy loyihalarni unutmagan holda Huawei kompaniyasining faoliyati va yutuqlarini to‘liq hajmda yoritishdan iboratdir. Axir korporativ ijtimoiy javobgarlik Huawei kompaniyasi faoliyatining muhim tarkibiy qismidir”, — deya ta’kidladi “UzReport” AA bosh direktori Ravshan Djurayev.

huawei_23_08_2016_1

“Biz “UzReport” axborot agentligi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatganimizdan mamnunmiz. Huawei kompaniyasi O‘zbekistonning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish uchun doim ochiqdir. Biz har tomonlama rivojlanish va ijtimoiy yo‘nalish yo‘lini tanladik. Huawei kompaniyasi yil boshidan boks va stol tennisi milliy federatsiyalarini qo‘llab-quvvatladi. Mamlakatning bir qator vazirlkilari bilan axborot-kommunikatsion texnologik hamkorlik bo‘yicha memorandumlar imzolandi. Toshkent axborot texnologiyalar universiteti (HAINA loyihasi) va Inha (Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash) bilan birgalikda korporativ ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ikkita loyiha amalga oshirildi. Kompaniya, shuningdek biznes va fan vakillari ishtirokida  “Opinion Leaders” (Fikr yetakchilari) loyihasini ishlab chiqdi. Kompaniyamizning Adweek marketing va reklama haftaligi yakunlari bo‘yicha “Mamlakatning eng yaxshi innovatsion brendi” deb tan olinishi bizning bajarayotgan ishimizga berilgan munosib baho bo‘ldi. Ommaviy axborot vositalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik tufayli biz turli yo‘nalishlarda olib borayotgan ishimiz va uning natijalari to‘g‘risida tezkorlik bilan hamda haqqoniy xabar berish imkoniyatiga ega bo‘lamiz”
, — deya ma’lum qildi janob Van Pen, “Huawei Tech. Investment Tashkent” MCHJ XK direktori.

Ta’kidlashmiz lozimki, Huawei kompaniyasi erishilgan marrada to‘xtab qolishni niyat qilmagan. Shu yilning oktabr oyida jurnalistlar kompaniyaning mahsulotlari qayerda va qanday qilib ishlab chiqarilishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari uchun esa Xitoyga media-sayohat uyushtirilishi haqida e’lon qilingan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq