Huawei O‘zbekistonda keng polosali mobil aloqani rivojlantirish bo‘yicha «Mobile Broadband 2020 | Uzbekistan» Sammitini o‘tkazdi  
22.08.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

huawei_22_08_2016

2016-yil 19-avgust kuni Xalqaro biznes markazida O‘zbekistonda keng polosali mobil aloqani rivojlantirish bo‘yicha «Mobile Broadband 2020 | Uzbekistan» birinchi  Sammiti bo‘lib o‘tdi. Huawei (“Huawei Tech. Investment Tashkent” MChJ ChK) tomonidan tashkil etilgan ushbu IT-anjuman O‘zbekistonning barcha aloqa operatorlari, shuningdek, mahalliy va chet ellik yetakchi tahlilchilarini bir yerga to‘playdi. Mutaxassislar eng yaxshi keng polosali simsiz tarmoqni yaratish bo‘yicha o‘z tajribalari va fikrlari bilan o‘rtoqlashishadi.

huawei_22_08_2016_1

Yil sayin keng polosali mobil aloqaga (KPMK) talab ortayotgani tufayli 2020-yilga borib, trafik 20 martaga ortishi kutilmoqda. Mobil KPMK rivojlanayotgan davrda mobil aloqa operatorlari radiochastotali spektrdan samaraliroq foydalanish, yangi bozorlarga chiqish kabi masalalarga duch kelishmoqda. Huawei kompaniyasi LTE texnologiyalari, shu jumladan, WTTx va LiTRA kabi yuqori texnologiyali ishlanmalar hamda yechimlarni qo‘llagan holda mobil aloqa operatorlarining ushbu muammolarini bosqichma-bosqich yechishni maqsad qilgan.

huawei_22_08_2016_2

O‘zbekistonda 4G tarmoq zanjiri rivojlangani sari tez rivojlanayotgan LTE tarmog‘i Internetga keng polosali mobil kirish sifatini oshirib boradi. O‘zbekistonda  tez sur’atlarda an’anaviy jamiyatdan axborot jamiyatiga o‘tilmoqda. Internetga keng polosali mobil  aloqa vositasida insonlar hayoti, qolaversa, butunjahon tarmog‘i, sanoat va jamiyatni o‘zgartirmoqda.

huawei_22_08_2016_3

“Yaqin besh yil ichida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Internet tarmog‘iga keng polosali mobil kirish kelajak sari yagona yo‘lga aylanadi. U 100 milliard    ulanishni ta’minlaydi, ma’lumot uzatish tezligi esa 10 Gbitga teng bo‘ladi. Biroq transformatsiya jarayoni oson emas va u uzoq vaqt talab etadi. Shu tufayli soha  vakillari birgalikda ish olib borishi, g‘oyalar va tajriba almashishi zarur. Shuning uchun ham biz ushbu platformani tanlab, ko‘p sonli hamkorlar, sohaning peshqadamlari va yetakchi ekspertlarni taklif qildik. AKT sohasining asosiy ishtirokchisi bo‘lgan Huawei sheriklar bilan hamkorlikni davom ettiradi va MVV innovatsion kompleks yechimlari, konsalting xizmatlari va tizim integratsiyasi bo‘yicha xizmatlarni ta’minlab boradi”, — deydi “Huawei Tech. Investment Tashkent” MChJ ChK bosh direktori Van Pen.

huawei_22_08_2016_4

«Mobile Broadband 2020 | Uzbekistan» sammiti operatorlar, kontent-provayderlar, Internet xizmatlarini ko‘rsatuvchilar va sohaning boshqa vakillari o‘rtasida keng polosali mobil aloqani rivojlantirishning asosiy vazifalari yuzasidan ochiq muzokaralar olib borish maydonchasiga aylanishi kutilmoqda. Ishonchimiz komilki, Sammit natijalari keng polosali mobil aloqani rivojlantirishga amaliy foyda beradi, bu esa o‘z navbatida, mamlakatda aloqa tarmog‘ining butun ekotizimini barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi.

Huawei haqida
Huawei — dunyoda yetakchi infokommunikatsion yechimlarni yetkazib beruvchi kompaniya bo‘lib, uning maqsadi insonlar hayotini muloqot yordamida boyitishdan iboratdir. Mijozlar ehtiyojiga qaratilgan innovatsion ishlanmalarimiz va rivojlangan hamkorlik tarmog‘imiz tufayli biz telekommunikatsiya tarmoqlarini yaratish, terminal yechimlar va bulutli hisoblash tizimlarida  yuksak natijalarga erishdik. Huaweining butun dunyo bo‘yicha 170 ming nafar xodimi operatorlar, korxonalar va yakuniy foydalanuvchilar uchun maksimal foydali sharoitlar yaratishga ishtiladi va ularga raqobatbardosh yechimlar hamda xizmatlar taqdim etadi. Sayyoramiz aholisining uchdan bir qismi bizning innovatsion mahsulotlarimiz, qarorlarimiz va servislarimizdan dunyoning 170 dan ziyod mamlakatlarda foydalanishadi.1987-yilda tashkil etilgan Huawei xususiy kompaniya bo‘lib, unga o‘z xodimlari to‘liq egalik qiladi. Huawei Consumer Business Group bo‘linmasiga  2003 yilda asos solingan. U smartfonlar, planshetlar, keng polosali mobil aloqa qurilmalari va xonadonlar uchun yechimlar yaratadi, ishlab chiqaradi. 2015-yilning oktabrida Huawei ikkinchi marota Interbrand’s Top 100 Best Global Brand reytingga kiritilgan. Huawei dunyodagi yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchilar TOP-3 ga kiradi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq