Koreya pochtasi delegatsiyasi bilan uchrashuv
21.08.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

pochta_21_08_2016

2016 yil 15 avgust kuni “O‘zbekiston pochtasi” AJ Bosh direktori Sh.Atamuxamedov Koreya pochtasining pochtalar Byurosi Bosh direktori (Koreya pochtasi rahbarining birinchi muovini) janob Chonsog Pak bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Koreya pochtasining pochta logistikasini rejalashtirish bo‘limining Bosh direktori o‘rinbosari Chun yon Ro, hamda elektronika va telekommunikatsiya Tadqiqot instituti va Intergen ITG konsalting kompaniyasi vakillari qatnashdilar.

pochta_21_08_2016_1

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi yuqori pog‘onalarga ko‘tarilgan keng qamrovli munosabatlar mavjudligi davlatlarimiz pochta xizmatlarining hamkorligini kengaytirishga muhim asos bo‘lishi alohida ta’kidlandi. Shuni aytish joizki, joriy yilning aprel oyida Seulda “O‘zbekiston pochtasi” AJ hamda Koreya pochtasining rahbariyati o‘rtasida birinchi muloqot bo‘lib o‘tgan va hamkorlikning dolbzar yo‘nalishlari borasida fikr almashilgan.

pochta_21_08_2016_2

Toshkentdagi uchrashuv hamkorlikning keyingi qadami hisoblanib avvalgi kelishuvlarning amaldagi ijrosini ko‘zlaydi. Jumladan pochta infratuzilmasini takomillashtirish va informatsion texnologiyalarini pochta sohasida keng joriy etish, “O‘zbekiston pochtasi” AJning pochta sohasida umumiy texnologik jarayonlar kompleksini chuqur modernizatsiyalash, pochta xizmatlarining yangi turlarini joriy etish imkoniyatlariga ega zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimni ishlab chiqish borasida Koreya mutaxassislari tomonidan konsalting xizmatlari ko‘rsatilishi haqida batafsil soz‘ yuritildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq