«O‘ZBEKTELEKOM» AK «UZCLOUD» bulutli data-markazni ishga tushiradi
19.08.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Tadbirlar.
Muallif: .

cloud_19_08_2016

Milliy telekommunikatsiyalar operatori «O‘ZBEKTELEKOM» AK yangi loyiha «UZCLOUD» Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini taqdim etdi.

cloud_19_08_2016_1

2016-yil 18-avgust kuni O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida mazkur tadbirga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

Brifingda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Umidjon Baxtiyarovich A’lamov tabrik so‘zi bilan chiqdi.

cloud_19_08_2016_2

Yangi data-markaz imkoniyatlari haqida «O‘ZBEKTELEKOM» AK Istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar bo‘yicha Direktor Jamol Tilloyevich Maxsudov batafsil so‘zlab berdi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-1989 son Qarori va  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-martdagi “2015-2019 yillarda yo‘l-transport infratuzilmasini va muhandislik kommunikatsiyalarini moderniazatsiya qilish va rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”dagi PQ-2313 son Qaroriga muvofiq amalga oshirildi.

Loyiha bo‘yicha jami Toshkent, Buxoro va Qo‘qon shaharlarida Ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazlarini yaratish ko‘zda tutilgan.

Hozirgi vaqtda ishga tushirishning 1-bosqichi: Toshkent shahrida Ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazini tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Mazkur loyihadan maqsad Ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazi resurslariga o‘sib borayotgan talabning qondirilishi, texnik imkoniyatlarning kengaytirilishi, shuningdek, bulutli hisoblash bazasida yangi xizmatlarni taqdim etish bo‘lib hisoblanadi.

Loyiha doirasida bulutli biznesni boshqarishga mo‘ljallangan ActivePlatfom dasturiy platforma joriy etildi.

ActivePlatform innovatsion dizayni AT-servislari va Internet Buyumlar sohasidagi servislarni boshqarish imkonini beradi. Bulutli servis xizmatlari barcha turlarini ilg‘or texnologiyalar bilan taqdim etish uchun yagona platformaning joriy etilishi yangi ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga mahsulotlar portfelining diversifikatsiyasi imkoniyatlari va «O‘zbektelekom» kompaniyasining bozordagi so‘zsiz ustunligini ta’minlaydigan keng imkoniyatlarni ochib beradi.

Data-markaz joriy konfiguratsiyasi 160 bleyd-server, 1 petabayt sig‘imli ma’lumotlar saqlash ombori bilan kelajakda 10 petabaytgacha  serverlar sonining kengaytirish imkoniyatini taqdim etadi.

MQIM (ma’lumotlarni qayta ishlash markazining) ishonchliligi darajasi Uptime Institute klassifikatsiyasi bo‘yicha Tier III xalqaro tizimiga muvofiq keladi, ya’ni  MQIM infrastrukturasining rezervlanishi  «N+1» formulasi bo‘yicha ta’minlanadi, bunda ishonchlilik  koeffitsienti 99.982(%) foizni tashkil etadi. Bu data-markazi barcha muhandislik tizimostilaridan rezervlanish imkoniyatiga egaligini anglatadi va MQIM ishlarini to‘xtatmasdan ta’mirlash-profilaktika ishlarini amalga oshirishga imkon beradi.

Yangi O‘zbektelekom MQIM mijozlariga bulutli servislar orasida VPS — «Virtual server» xizmatini taqdim etishga tayyor. Mijozlar «bulutda» xususiy infrastrukturani yaratish va tunu kun jahonning istalgan nuqtasida to‘liq izolyatsiyalangan avtonom infrastrukturaga ulanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun bulutli platforma yordamida MQIM hisoblash quvvatini ijaraga olishlari mumkin.

Bundan tashqari, UZCLOUD mijozlari tadbirkorlarga Internet tarmog‘i vositasida  biznesni rivojlantirish imkonini taqdim etadigan veb-xosting xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Shuningdek, mijozlarga videokonferensaloqa xizmatlari ham taqdim etiladi, uning asosida foydalanuvchilar bor-yo‘g‘i bir necha buyruq(klik) asosida  qarindoshlari va yaqinlari, biznes bo‘yicha hamkorlari bilan joriy real vaqt rejimida o‘z kompyuterlari, planshet, smartfonlari orqali muloqot qilish imkoniga ega bo‘ladilar.

cloud_19_08_2016_7

2016-yil 18-avgust kuni brifingda salohiyatli mijozlar va jurnalistlarga Ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazining asosiy xizmatlari taqdim etildi:

  • Cloud computing – Bulutli hisoblash;
  • Colocation – uskunalarni joylashtirish;
  • VDI – virtual ish stoli;
  • VPS – virtual server.

Ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazi qo‘shimcha xizmatlari o‘z ichida quyidagilarni jamlagan:

  • Videokonferensaloqa;
  • Ma’lumotlarni rezervlash;
  • Telekommunikatsion infrastruktura;
  • Milliy kontentni rivojlantirish;
  • Veb-xosting.

«O‘ZBEKTELEKOM» AK uchun O‘zbekistonda MQIM qurish loyihasi  to‘liq Huawei kompaniyasi (infrastruktura, server uskunalari, virtualizatsiya tizimi) bilan hamkorlikda amalga oshirilgan birinchi bulutli data-markaz bo‘lib hisoblanadi.

cloud_19_08_2016_8

Loyiha amalga oshirilganidan so‘ng «O‘zbektelekom» AK davlat tashkilotlari va yirik korporativ mijozlar, shuningdek, xususiy shaxslar uchun xizmatlar, shuningdek, biznes doirasini kengaytirib, zamonaviy AKT xizmatlarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq