Foydali modelga patent olish
19.08.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Yagona portal orqali interaktiv shaklda ko‘rsatiladigan xizmatlar sonini oshirishda davom ettirgan holda yana bir yangi xizmati – “Foydali modelga patent olish” ishga tushirildi. Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishlari mumkin.
Xizmat pullik bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 20 apreldagi “Patent bojlari to‘g‘risidagi nizomni va patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida”gi 65-son qarorida o‘rnatilgan tartibda patent boji undiriladi.
Xizmat natijasi bo‘lib hujjatlar to‘plamini ko‘rib chiqish uchun qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomani olish hisoblanadi.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq