“Elektron hukumat” markazi va Koreya Respublikasining “The Bridge Soft” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi
19.08.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

mem_19_08_2016

Tomonlar imzolagan ushbu Memorandum O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida umumjamoaviy qo‘llashga mo‘ljallangan dasturiy ta’minotlar (Groupware)ni rivojlantirishda keng imkoniyatlar yaratib, quyidagi faoliyatlarni o‘z ichiga qamrab oladi:

— O‘zbekistonda Groupware dasturiy ta’minotini ishlab chiqishda qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish;Ÿ

— “Elektron hukumat” markazi va TBS o‘rtasida jamoaviy qo‘llashga mo‘ljallangan (Groupware) dasturiy ta’minotini ishlab chiqish texnologiyalarini uzatish, dizayn va tahlil bo‘yicha ishlar amalga oshirish;

— Shuningdek, tomonlar o‘rtasida (Groupware) dasturiy ta’minotini ishlab chiqishda ilg‘or tajribalar va mavjud muammolarni bartaraf etishga doir mahorat mashg‘ulotlaridan tashkil topgan o‘quv dasturlarni tashkil etish.

mem_19_08_2016_1

O‘z navbatida, “Elektron hukumat” markazi tomonidan mazkur Memorandum ijrosi davomida dasturiy ta’minotni ishlab chiqish hamda texnik ko‘makni amalga oshirish yuzasidan inson resurslari bilan qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshiriladi.

mem_19_08_2016_2

Mazkur Memorandum doirasida Koreya Milliy axborotlashgan jamiyat agentligi (NIA) tomonidan moliyalashtiriladigan “Elektron hukumat uchun ma’muriy jarayonlar tizimi (Administration Process System-APS)” pilot loyihasi amalga oshirilib, quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi:

— Samarali davlat boshqaruviga erishish, shaffoflikni ta’minlash, samarali hujjat boshqarish muhitini tashkil etish orqali oshkoralik va mavjud imkoniyatlarni takomillashtirish;

— “Elektron hukumat” markazida ma’muriy jarayonlar tizimi (Administration Process System-APS)” pilot loyihasini amalga oshirish orqali O‘zbekiston uchun mos keladigan standart ma’muriy jarayonlar tizimini ishlab chiqish;

— O‘zbekiston hukumati “Elektron hukumat” markazida joriy qilinadigan ma’muriy jarayonlar tizimi (APS) orqali ma’muriy faoliyatlar samaradorligini oshirishiga erishishi;

mem_19_08_2016_3

Yana bir muhim jihat, kelgusida O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini hamda ma’muriy jarayonlardagi shaffoflikni oshirish maqsadida mamlakat bo‘ylab ma’muriy jarayonlar tizimini kengaytirish uchun yo‘l xaritasi ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq