Bolalarda kritik holatlarni baholash shkalasi
16.08.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbek dasturchilari bolalarda kritik holatlarni baholash shkalasini yaratdilar. Dasturiy ta’minot bolalar ahvolining og‘irligini integral baholash yordamida kritik holat natijalarini prognozlash uchun mo‘ljallangan. Mazkur dastur tekshirilayotgan bemorlar haqidagi ma’lumotlarni kiritish, ma’lumotlarni qayta ishlash, «triaj” tizimini ishga tushirish uchun mo‘ljallangan.

Dastur intensiv terapiya va jonlantirish bo‘limi hamda shoshilinch tibbiy yordam shifokori taktikasini va ko‘rsatilgan yordam hajmini aniqlash imkonini beradi, zarur holatlarda ko‘rsatilgan tibbiy choralarni intensivligi va samaradorligini aniqlaydi. Kritik holatlarda salbiy natijalar miqdorini kamayishiga olib keladi.

Mualliflar — Sharipov Alisher, Safarov Zafar, Xakimov Jasur va Ortiqboyev Jaxongirlarga mazkur dastur uchun № DGU 03780 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq