Iqtisodiyotning real sektorida axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish va rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
12.08.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

gov_12_08_2016

Joriy yilning 10 avgust kuni Aloqa tarixi muzeyi binosida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 avgustdagi «2016-2018 yillarda iqtisodiyotning real sektorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2569-son Qarori bilan tasdiqlangan loyihalarni amalga oshirish uchun xo‘jalik boshqaruvi organlari ma’sul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur Qaror mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlanishi, ishlab chiqarish sifatining oshishi, eksport salohiyatining rivojlanishiga bevosita ta’sir etishini o‘z ichiga olgan, eng avvalo, texnologik-ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, xodimlarni boshqarish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yuritish, hisob va hisobot tizimlarini takomillashtirishga qaratilganligi haqida so‘z bordi.

Shuningdek, tadbirda Qaror doirasida 30 ta aksiyadorlik kompaniyalar, uyushmalar va yirik sanoat korxonalarida jami 89 ta ustuvor loyihalarni amaliyotga tadbiq etish belgilanganligi yuzasidan ushbu loyihalarni ijrosini belgilangan muddatlarda joylarda sifatli amalga oshirilishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi va chora tadbirlar belgilab olindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq