DTM va CLICKdan ajoyib yechim — O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarining natijalari mobil telefoningizda!
12.08.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

CLICK kompaniyasi Davlat Test Markazi (dtm.uz) bilan hamkorlikda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga topshirilgan imtihonlarning natijalarini o‘z mobil telefonlari orqali bilib olish imkonini beruvchi xizmatlarni ishga tushirgani haqida mamnuniyat bilan xabar qiladi.

Joriy yilning 1-avgust kuni mamlakatimizning deyarli barcha oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tgan kirish imtihonlarining natijalarini hozirgi kunda 660 mingdan ko‘proq yosh vatandoshlarimiz intizorlik bilan kutishmoqda. CLICK tizimida DTM bilan hamkorlikda tushirilgan xizmatning qayta ishga tushirilganligini e’lon qilamiz. Ushbu xizmat yordamida imtihonlarning natijalarini USSD-so‘rovlar yoki ommabop “Telegram” birlahzalik xabarnomalar ilovasi orqali bilib olish mumkin.

Bir so‘rovning qiymati, o‘tgan yildagidek, 1500 so‘mni tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Bankining joriy kursi bo‘yicha ushbu qiymat taxminan 0,50 AQSH dollariga teng bo‘lmoqda. Shuni ta’kidlash joyizki, so‘rov qiymati CLICK tizimiga ulangan plastik karta hisobidan yechiladi.

Natijalarni USSD-so‘rovlar orqali olish uchun mobil telefonda *880# terish va paydo bo‘lgan menyuda “DTM-2016” bandini tanlash, so‘ngra tizim yo‘riqlarini bajarish lozim.
Natijalarni “Telegram” mobil ilovasi orqali olish uchun kontaktlar ro‘yxatiga DTM botini (@DTMbot yoki @DTMrobot) qo‘shish va unga/start buyrug‘ini jo‘natish kerak. Shundan so‘ng bot til tanlashingizni va boshqa kerak bo‘lgan ma’lumotni so‘raydi (batafsil ma’lumot yo‘riqnomada ilova qilingan).

“O‘tgan yildagidek biz barcha abituriyentlarga ushbu ma’lumotni olishda maksimal qulay sharoitlarni yaratib berishga harakat qildik. So‘rovlarni hozirning o‘zida qoldirish mumkin va natijalar e’lon qilingan zahoti, ular so‘rovlar bo‘yicha SMS yoki Telegram orqali jo‘natiladi. Fursatdan foydalanib, barcha abituriyentlarga yana bir bor omad tilab qolamiz”, – deb ta’kidladi CLICK kompaniyasining Bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq