UZMOBILE o‘z  abonentlari uchun texnik imkoniyatlarini kengaytirmoqda! 
10.08.2016
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

uzmob_10_08_2016_01

Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz bo‘lmish – O‘zbekiston Mustaqilligi kuni arafasida, Mobil aloqa milliy operatori UZMOBILE aholini ishonchli aloqa bilan ta’minlash uchun o‘z texnik imkoniyatlarini kengaytirmoqda!

UZMOBILE o‘zning GSM tarmog‘ini o‘tgan yili aprel oyida ishga tushirgan va bu qisqa muddat ichida keng texnik imkoniyatlarni joriy etishda qator ishlani amalga oshirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 12-fevraldagi «Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2126 sonli Qaroriga binoan operator mamlakatimizda o‘xshashi bo‘lmagan yangi ilg‘or texnoloiyalarni joriy etgan holda o‘z tarmog‘ini kengaytirmoqda.

Shulardan biri, katta binolarda aloqa sifatini yaxshilashga qaratilgan rejasi bo‘lib, UZMOBILE bu rejani omadli amalga oshirmoqda. Operator tomonidan katta maydonga ega bo‘lgan binolarda radiouzatishni qismli taqsimlovchi baza stansiyalari (Lamp Site) uskunalari o‘rnatilmoqda. Bugungi kunda “Mega Planet”, “Samarqand Darvoza” SKM, “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxona majnualarida shunday uskunalar o‘rnatilgan.

UZMOBILE O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab aloqa xizmatlarini ko‘rsatish sifatini baholash uchun, CDMA/GSM standartlarida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish sifatini sinovdan o‘tkazuvchi o‘lchov qurilmalari yetkazib beruvchi Anite Finland Ltd. kompaniyasi mahsulotlarini harid qildi.  UZMOBILEning xizmatlar sifati doimiy monitoringini o‘tkazish rejalari, uning butun O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash masalasiga jiddiy yondashayotgani haqida dalolat beradi.

Abonentlarga ko‘proq qulayliklar yaratish maqsadida, operator tomonidan so‘rov va buyruqlar orqali o‘z-o‘zini boshqarish xizmatlar joriy etilmoqda. Misol uchun, yaqinda LTE (4G) xizmatini yoqish/o‘chirish bo‘yicha USSD-buyuruqlarni ishga tushirdi.

Mustaqillik yillarida tashkil etilgan Mobil aloqa milliy operatori – UZMOBILE, informatsion va kommunikatsion texnologiyalari sohasida, mamlakatimiz aholisini ham CDMA, ham GSM tarmoq standartlaridagi ishonchli aloqa bilan ta’minlab, 12 yildan buyon o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.

Yaqin kunlarda, abonentlarga yanada ko‘proq imkoniyat va qulayliklar yaratish maqsadida, mamlakatimiz eng ulug‘ bayrami – O‘zbekiston Mustaqilligi kuniga bag‘ishlab, Mobil aloqa milliy operatori yangi mahsulot va xizmatlarni joriy qilishni rejalashtirgan.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq