O‘zEOAVMAda Media kunlar
10.08.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

9-18 avgust kunlari, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi bayrami arafasida, EOAVMA tomonidan o‘zining milliy va xalqaro hamkorlari bilan birgalikda media-kunlar o‘tkaziladi. Media-kunlar doirasida Samarqand, Toshkent va Farg‘ona vodiysi shaharlarida yirik media-loyihalar tashkil etiladi. Ularda xalqaro tashkilotlar, chet el elchixonalari rahbarlari va vakillari, Germaniya, Fransiya, Litva, Bolgariya, Chexiya, Rossiyadan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar, davlat va jamoat arboblari, poytaxt va hududiy teleradiostansiyalar rahbarlari, jurnalist va operatorlar ishtirok etadilar.

Sharq durdonasi, Buyuk Ipak yo‘li markazi Samarqand 9-16 avgust kunlari davomida ijtimoiy, ma’rifiy-madaniy tadbirlar – nodavlat teleradiouzatuvchilarning ijodiy va texnik xodimlari uchun yozgi media-kemp, turli taqdimotlar, davra suhbatlari, munozaralar, muhokama va seminarlar o‘tkaziladigan maskanga aylanadi.

16-avgust kuni O‘zbekistondagi birinchi nodavlat  teleradiokanal – «Samarqand STV»ning 25 yillik yubileyini bayram qilinadi

Yana bir muhim tadbirlardan «Mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash jarayonida nodavlat elektron OAVning rolini oshirish: O‘zbekiston tajribasi» mavzusidagi xalqaro seminar mamlakat hayotida yana bir muhim ahamiyatga molik voqea bo‘lib qoladi. Tadbir keng xalqaro jamoatchilikni mamlakatimiz nodavlat elektron mass-mediasini rivojlantirish tajribasi bilan  tanishtirish, O‘zbekistonda nodavlat elektron OAV rivojining yanada istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish uchun maydon bo‘lib xizmat qiladi. «Registan Plaza» mehmonxonasida xorijiy va milliy hamkorlar – tashkilotchilar, mahorat darslari o‘qituvchilari, ma’ruzachilar, ekspertlar va tahlilchilar ishtirokida o‘tadigan tadbirda amaliy innovatsion media-qurollardan foydalanishning xalqaro standartlari ko‘rib chiqiladi va o‘rganiladi. Xalqaro hamjamiyatni O‘zbekistonda oxirgi 25 yil ichida axborot sohasini liberallashtirish va uni xalqaro daraja va standartlarga muvofiqlashtirish borasida olib borilgan izchil ishlardan keng xabardor qilish kutilmoqda.

Shu bilan Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar nihoyasiga yetadi. Ishtirokchilar va mehmonlar 17-avgust kuni Toshkentga keladilar va bu yerda O‘zbekistonning milliy nodavlat teleradiouzatish sohasining infratuzilmasi rivojining hozirgi holati va istiqbollari, nodavlat elektron OAVning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati va texnik imkoniyatlari bilan tanishadilar.

Poytaxtdagi tadbirlarni an’anaviy «Ozod yurt to‘lqinlari» media-festivali davom ettiradi. Ushbu katta bayram tadbirida teleradiostansiyalar rahbarlari, bosh muharrirlari va ijodiy xodimlari,  davlat, jamoat tashkilotlari va O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar, diplomatik missiyalar vakillari taklif etiladi. Festival tanlov shaklida o‘tkazilib, unda vakolatli hay’at on-layn ochiq ovoz berish yo‘li bilan aniq vaqt tartibida milliy jurnalistika rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan nodavlat teleradiouzatuvchilarning eng yaxshi ijodiy va texnik  xodimlarini aniqlaydi. Festival yakuniga ko‘ra g‘oliblar taqdirlanadi va tadbir ishtirokchilari va mehmonlari sharafiga tantanali kecha tashkil etiladi.

— Bundan tashqari, «Vodiy sadosi» nodavlat yoshlar teleradiokompaniyasining yangi media-majmuasi va zamonaviy tasvirga olish pavilonlari, «Zo‘r TV» (Toshkent) telekanalining taqdimotlari bo‘lib o‘tadi.

— Avgust media-kunlari doirasida 18-avgust kuni “Ruxsor” TRK qoshida faoliyat olib boradigan “Marg‘ilon TV”ning yangi binosi ochilishi munosabati bilan safar va milliy hamda xalqaro ekspertlar, mamlakat nodavlat teleradiostansiyalari rahbarlari va vakillari, shuningdek, davlat va jamoat arboblari ishtirokida sayyor seminar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Milliy va xalqaro sheriklar, parlamentariy va hamkor tashkilotchilar:

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTva fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi, O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va Axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Samarqand viloyati hokimligi va boshqalar.

EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori: Konrad Adenauer nomidagi Fondning Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi, YUNESKO va YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonalari, Fransiya, Chexiyaning O‘zbekistondagi elchixonalari va boshqalar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq