“Elektron hukumat” Markazida “Mustaqillik va yoshlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
08.08.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

gov_8_08_2016

2016 yil 3 avgust kuni “Elektron hukumat” Markazida mustaqilligimizning 25 yilligiga bag‘ishlab “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida “Mustaqillik va yoshlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida yosh avlodning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida mustaqillik yillar davomida yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar yuksak samaralar berayotgani, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, xalqimiz tanlagan mus-taqil taraqqiyot yo‘lini izchil davom ettirishga ko‘maklashish kabi masalalarni muhokama qilishdan iborat.

Bugungi kunda “Elektron hukumat” Markazida 100 dan ziyod yoshlar Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish yo‘lida faol mehnat qilib kelmoqdalar. “Elektron hukumat” tizimini samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, yuksak malakaga ega bo‘lish maqsadida yosh mutaxassislar tizimli ravishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini chet davlatlarning nufuzli muassasalarida oshirib kelmoqdalar.

Shuningdek, davra suhbati davomida yurtimizda mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan yutuqlarimizni hamda Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Markazida faoliyat olib borayotgan mustaqillik tengdoshlari ijodini o‘zida aks ettirgan “Men mustaqillik tengdoshiman” videorolik namoyish etildi. Shundan so‘ng qiziqarli interfaol usullar hamda maxsus tayyorlangan slaydlar orqali mavzu keng tushuntirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq