UZMOBILE Mustaqillik kuni munosabati bilan bir qator aksiyalarni amalga oshirmoqda!
04.08.2016
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Vatanimiz Mustaqilligining 25-yilligi arafasida UZMOBILE GSM tarmog‘ida abonentlarga qulayliklar yaratish maqsadida qator faolliklar amalga oshirmoqda. Yorqin misol – “Chiroyli raqamlar Sovg‘aga” aksiyasi. Internet-paketlar ulagan yangi abonentlar “Chiroyli raqamni” sovg‘a sifatida oladilar.

Abonentlarga ko‘proq imkoniyatlar yaratish maqsadida “Qabul qilinmagan qo‘ng‘iroq”/ “Tarmoqda” xizmatlarini abonent to‘lovsiz taqdim etish uzaytirildi.

Shu bilan bir qatorda, muloqot chegaralarini kengaytirib, operator o‘z abonentlariga quyidagi mamlakatlar hududida rouming xizmatini ishga tushirdi: Turkmaniston Tojikiston, Qozog’iston, Rossiya, Ozarbayjon, Tailand, Saudiya Arabistoni, Ukraina, Belarus, Belgiya, Qirg’iziston, Braziliya, Kanada, Lixtenshteyn. Xizmatni USSD-so‘rov yoki SMS-buyruq orqali boshqarish mumkin.

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2014-yil 12-fevraldagi «Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2126 sonli Qaroriga binoan   operator mamlakatimizda o‘xshashi bo‘lmagan yangi ilg‘or texnoloiyalarni joriy etgan holda o‘z tarmog‘ini kengaytirmoqda. Yangi raqam sig‘mlari ochilmoqda, hususan oxirgi oylarda Toshkent shahrida GSM tarmog‘iga ulanish uchun 837, 842, 840, 843, 845, 846, 847, 850 va 851 prefiksli raqamlar, Andijon viloyatida ulanish uchun 902 prefiksli raqamlar mavjud bo‘ldi.

UZMOBILE barcha faolliklari ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan. Operator jahon Internet tarmog‘iga ulanish, mobil televideniye, elektron to‘lovlar va kommertsiyani  rivojlantirish maqsadida  butun respublika hududi bo‘ylab yuqoritezlikdagi ma’lumot uzatish zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish rejalashtirilgan.

Mustaqillik yillarida tashkil etilgan Mobil aloqa milliy operatori – UZMOBILE, information va kommunikatsion texnologiyalari sohasida, mamlakatimiz aholisini ham CDMA, ham GSM tarmoq standartlaridagi ishonchli aloqa bilan ta’minlab, 12 yildan buyon o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.

Yaqin kunlarda, abonentlarga yanada ko‘proq imkoniyat va qulayliklar yaratish maqsadida, mamlakatimiz Eng Ulug‘, Eng Aziz bayrami – O‘zbekiston Mustaqilligi kuniga bag‘ishlab, Mobil aloqa milliy operatori yangi mahsulot va xizmatlarni joriy qilishni rejalashtirgan.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq