«TashBus» mobil ilovasi
04.08.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

«Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish sohasida zamonaviy axborot-kommunikasion texnologiyalarining joriy etilishini izchillik davom ettirib bormoqda.

Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligini nishonlash arofasida Toshkent shahri yo‘lovchilariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish uchun hamda jamoat transportida GPS-tizimining ishlashini takomillashtirishi maqsadida «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati «Grand Technology System» dasturi ta’minotining ishlab chiqaruvchisinig hamkorligida testlashtirish rejasidagi «Tashbus»mobil ilovasini ishga tushirdilar.

bus_4_08_2016

Mobil moslamalaridan foydalanuvchilar «Tashbus» ilovasi yordamida avtobusning bekatga kelish vaqtini bilib olganlaridan keyin o‘zlarining yo‘lga chiqishlarini rejalashtira oladilar. Shu bilan biraga ushbu ilova avtobusning on-layn rejimida Toshkent shahri elektron xaritasida avtobus harakatini kuzatish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunlarda mazkur ilova poytaxtagi barcha avtobus yo‘nalishini qamrab olgandir.

Shuningdek, foydalanuvchilar ilova yordamida qo‘yidagi imkoniyatlarga ham ega:
— tanlangan yo‘nalishdagi avtobuslarning harakatini kuzatish;
— avtobuslarning tanlangan bekatga kelishi vaqtiga oid ma’lumotga ega bo‘lish;
— tanlangan bekatdan qaysi yo‘nalishlar o‘tishi haqida ma’lumot olish;
— eng yaqinroqdagi avtobusning eng yaqin bekatgacha bo‘lgan oraliq masofasini (distansiya) bilib olish;
— jadallik imkoniyatiga ega bo‘lish uchun tanlangan yo‘nalishlar ro‘yxatiga yangi yo‘nalishlar qo‘shish va yana boshqa har-xil foydali funksiyalar.

Hurmatli yo‘lovchilar va mobil moslamalarning foydalanuvchilari!

Hozirgi vaqtda ushbu ilovadan foydalanish imkoniyati Android moslamalarida mavjud bo‘lib yaqin kunlarda ilova Apple iOS asosidagi mobil vositalariga imkoniyatli bo‘ladi.

Shuningdek tez vaqt ichida ilovaning veb-versiyasi www.tashbus.uz saytida yo‘lga qo‘yilib, internet-foydalanuvchilar ham jamoat transporti ishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar va avtobuslar harakatini kuzata oladigan bo‘ladilar.

Mobil ilovaning ishlashini takomillashtirish maqsadida Sizning «Tashbus» ilovasining ishlashiga oid taklif va mulohozalaringizni bilishdan behad minnatdor bo‘lardik.

Izox, fikr-mulohozalarini, takliflarni dastur orqali yoki tashbus@tshtx.uz elektron pochta orqali jo‘natish mumkin.
«Tashbus» ilovasini GooglePlay va AppleStore dan o‘tkazib o‘lish mumkin. (Ilovani yuklab olish tekin).

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq