DMTel kompaniyasi tomonidan uyushtirilgan Anite NEMO qurilmalari bilan ishlashga qaratilgan treninglarda UZMOBILE xodimlari ishtirok etishdi
04.08.2016
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

dmtel_3_08_2016

Joriy yilning iyul oyida Anite Ltd. o‘lchov qurilmalari xarid qilish doirasida DMTel kompaniyasi Mobil aloqa milliy operatori – UZMOBILE xodimlariga Anite Nemo Outdoor tizimi drayv-test va Anite Nemo Analyze protsessingi tizimi bo‘yicha qator treninglar uyushtirdi.

Zamonaviy aloqa texnologiyalari joriy etish davlat siyosati tufayli, UZMOBILE o‘z tarmoqlarini jadal rivojlantirishga qaratilgan qator innovatsion loyihalarni amalga oshirmoqda. Bugungi kunda UZMOBILE ham GSM, ham CDMA-450 standartlarida faoliyat yuritmoqda. Infroqurilmaning jadal o‘sishi, qurilayotgan tarmoqning sifatiga katta e’tibor talab etadi. Shu sababli talablarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish maqsadida operator tashkilot biznes-jarayoniga radiotizim ishlash sifatini baholash faoliyatini joriy etmoqda. Bunda, UZMOBILE tomonidan Anite Ltd. Finn kompaniyasining Nemo Invex II/Walker II/Analyze/ Commander o‘lchov uskunalarini xarid qilinishi, operatorni mobil aloqa tizimida ilg‘or o‘rinlarni egallashga, hamda yangi  va amaldagi abonentlar sodiqligini oshirishda yana bir dadil qadam bo‘ldi desa mubolag‘a bo‘lmaydi.

dmtel_3_08_2016_01

Har qaysi yuqoritexnologik uskuna singari, Nemo turkumidagi apparatura va dasturiy ta’minotlar bu majmua haqidagi chuqur bilim, hamda uni qo‘llashda nazariy va amaliy malakalarni talab qiladi. Shu sababli, Anite mahsulotlari rasmiy distribyuteri – DMTel kompaniyasi tomonidan amaliy treninglar o‘tkazish shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi. Treninglar boshlang‘ichdan to ekspert darajagacha barcha mavzularni o‘zida mujassam etdi.

Joriy yilning 4 iyulidan 12 iyuliga qadar Toshkentda davom etgan treninglar UZMOBILE texnik mutahassislari tomonidan Nemo Walker II qurilmalarini konfiguratsiyalash, ularni sozlash va ulardan foydalanish amaliy bilim va malakalarni oshirishga qaratildi.

O‘lchov majmualarini ishlash tamoyillarini o‘zlashtirgach, trening qatnashchilari maxsuslashtirilgan radioo‘lchovli Nemo Analyze qurilmalari orqali olingan ma’lumotlarni ustida ishlashga kirishishdi. Qurilma drayv-test yozuvlarini namoyish qilish bilan birga, ularga statistik ishlov berish, ma’lumotlarni qidirish, uni agregatsiyalash, hisobot tayyorlash va turli formatlarga eksport qilishga imkon yaratadi.

Trening qatnashchilari har ikki dasturning boshqaruv inerfeysi qulayligi, raqobatdosh afzalliklari haqida fikr yuritib, o‘qishni ekspert darajasigacha davom ettirish istagini bildirishdi.

dmtel_3_08_2016_01

Trening yakunida qatnashchilar DMTel kompaniyasidan ularning yangi malakalarini tasdiqlovchi  sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

dmtel_3_08_2016_02

UZMOBILE – mamlakatizmda axborot va kommunikatsion texnologiyalari sohasini rivojlantishga ahamiyat kasb etuvchi yangi imkoniyatlar va abonentlari uchun sifatli xizmatlar joriy etuvchi, Mobil aloqa milliy operatoridir!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq