UZMOBILE – O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasining rasmiy mobil aloqa hamkori!
01.08.2016
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

1uzmob_1_08_2016

Bu yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Yozgi Olimpiya o‘yinlari arafasida, O‘zbekiston Olimpiya harakatini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida, 27 iyul kuni O‘zbekiston Mobil aloqa milliy operatori UZMOBILE va O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan o‘zaro hamkorlik haqida Kelishuv imzolandi.

O‘zbekiston Olimpiya harakati va 2016-yil Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga o‘zbek sportchilarining tayyorgarligi va musobaqalardagi ishtiroklarini keng yoritish va ommaga ma’lumot berish maqsadida, UZMOBILE kelishuv doirasida qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik ishlarini amalga oshiradi.

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida bizning sportchilarimiz quyidagi sport turlari bo‘yicha Vatanimiz sha’nini himoya qilishadi: akademik eshkak eshish, badiiy gimnastika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, boks, dzyudo, yengil atletika, og‘ir atletika, sport gimnastikasi, stol tennisi, suzish, taekvando (WTF), tennis, trampolin, o‘q otish, erkin va yunon-rum kurash kabi sport turlari.

E’tiborlisi shuki, mazkur XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari mamalakatimiz eng Ulug‘ ayyomi – Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligi arafasida o‘tkazilmoqda. Ishonamiz, bizning sportchilar yuksak g‘alabalarga erishib, O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro miqyosda g‘urur bilan yuqori marralarga ko‘tarib, respublikamiz Eng buyuk, eng aziz bayramiga munosib tuhfalar bilan qaytishadi!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq