«1UZ Kadrlar bo‘limi» dasturi
01.08.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«BePro Norma» mas’uliyati cheklangan jamiyati xodimlari «1UZ Kadrlar bo‘limi» dasturini ishlab chiqdilar. Mazkur dastur «Ma’lumotnomalar» orqali kadrlar haqidagi ma’lumotlarni kiritish davridan boshlab to hisobotlarni qabul qilishgacha bo‘lgan davrda korxonadagi kadrlar hisobini olib borishga mo‘ljallangan.

Dastur vazirliklar, idoralar va aksiadorlik jamiyatlari, shuningdek, kichik va o‘rta korxonalar, fermer xo‘jaliklari sohasida foydalanish uchun ishlab hiqildi. Dasturni yaratishda oddiylik va ishonchlilikka alohida e’tibor qaratildi. Foydalanuvchi dastur orqali xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish va joyini o‘zgartirish, tashkilotning shtat jadvali, tabelini yuritish kabi funksiyalarni amalga oshirishi mumkin.

O‘zbek dasturchilari Turdikulov Odil va Sadikov Xurshidlarga ushbu dastur uchun № DGU 03743 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq