IUT O‘zbekistonda birinchi marotaba kirish imtihonlarini online tarzda namoyish etadi
29.07.2016
Rukn: Internet.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) O‘zbekistonda birinchi bo‘lib, 2016-yil 29-iyul kuni o‘tkaziladigan kirish imtihonlarini kuzatishni istaganlar uchun imkoniyat yaratdi, kirish imtihoni jarayonlari real vaqt rejimi(online)da namoyish etiladi.
Ma’lumki, IUT kirish imtihonlari jarayonlarining shaffofligi va ochiqligiga ishonch hosil qilishlari va mazkur jarayonlarni kuzatish uchun ommaviy axborot vositalari vakillari ham taklif etilgan.
Shuningdek, IUT 29-iyul, ya’ni imtihon kuni butun jamoatchilik uchun kirish imtihonlarining video-strimingini tashkil qilmoqda. Bunda barcha xohlovchilar kirish imtihonlari jarayonlarini live.inha.uz. havolasi orqali online kuzatishlari mumkin.
Kirish imtihonlari o‘tadigan zalda veb-kameralar o‘rnatilgan bo‘lib, ular yordamida kirish imtihoni jarayonlarini online kuzatish mumkin.
Mazkur sahifa TAS-IX hududida joylashganligi sababli video oqimning yuklanishdagi tezligini ta’minlaydi. Ko‘pgina internet-provayderlar TAS-IX dagi trafiklarga haq olmagani uchun foydalanuvchilarning mablag‘lari tejaladi.
O‘zbekistonda birinchi marotaba amalga oshirilayotgan loyiha “EastTelecom” va “Real Solutions” kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkillashtirilmoqda. “EastTelecom” kompaniyasi loyihani amalga oshirish uchun internet kanalini taqdim etgan bo‘lsa, “Real Solutions” kompaniyasi video- strimingni tashkil etishda ko‘mak berdi.
Manba: press-reliz