CLICK kompaniyasi O‘zbekistonda ilk bor jadval bo‘yicha avtomatik to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini ishga tushirdi!
29.07.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

CLICK kompaniyasi “Avtoto‘lov” xizmatining kengaytirilganligi haqida mamnuniyat bilan xabar qiladi. O‘zbekiston Respublikasining mobil banking bozorida ilk bor tushirilayotgan ushbu imkoniyat to‘lovlarni oldindan belgilangan jadval bo‘yicha avtomatik ravishda amalga oshirishga qaratilgan.

Endilikda CLICK tizimining foydalanuvchilarida takroriy to‘lovlarni avtomatlashtirib va ularning bajarilishini CLICK tizimiga butunlay topshirgan holda ularni maksimal ravishda qulay va sodda qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Foydalanuvchi tarafdan to‘lov summasi va to‘lovni o‘tkazish sanasi kabi barcha ma’lumotlarni olgandan keyin CLICK tizimi ushbu to‘lovni shakllantirib, ko‘rsatilgan sanada plastik karta hisobidan amalga oshiradi.

Dastavval ishga tushirilgan voqea bo‘yicha avtoto‘lov O‘zbekistondagi eng yirik mobil operatorlarining abonentlariga balanslari 1USDga tushgan paytda, avtomatik ravishda, to‘lovni amalga oshirib, aloqada qolishga imkon berar edi. Yangi tushirilgan imkoniyat esa CLICK foydalanuvchilarining imkoniyatlarini yanada kengaytirib, doimiy va uzluksiz ravishda aloqa va boshqa turli xizmatlardan foydalanishga imkoniyat yaratmoqda.

Jadval bo‘yicha avtoto‘lovlarni sozlash jarayoni juda sodda. USSD orqali to‘lovni shakllantirish jarayonida xizmat turi va boshqa parametrlar tanlangandan keyin tizim avtoto‘lov sozlashni taklif qiladi. CLICK foydalanuvchilariga quyidagi jadval bo‘yicha avtoto‘lov turlari mavjud:

  • Har oyning oxirgi sanasida,
  • Har oyning ko‘rsatilgan sanasida yoki
  • Har hafta.

Yaratilgandan keyin avtoto‘lovlarni bosh menyudagi (*880#) “Avtoto‘lovlar” bo‘limida boshqarish mumkin. Yaqin vaqt ichida ushbu xizmatga ulanish va boshqarish imkoniyati “CLICK.UZ” ilovalarida ham joriy qilinadi.

“Biz foydalanuvchilarimizning har bir daqiqalarini e’zozlaymiz va shuning uchun to‘lovlarni amalga oshirishda, ayniqsa, ularning takroriy to‘lovlarida maksimal soddalik va qulaylikni taqdim qilmoqchimiz. Ularni avtomatlashtirib, CLICK foydalanuvchilarini har doimgi yumushlardan xalos qilib, muntazam ravishda, aloqada qolishlariga harakat qildik”, — deb ta’kidladi CLICK kompaniyasining Bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq