ZEEQ aqlli yostiq yaxshi uxlashga yordam beradi
28.07.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

zeeq_28_07_2016

KickStarter saytida ZEEQ aqlli yostiq ishlab chiqarish uchun mablag‘ jamlanmoqda. Yaratuvchilarning so‘zlariga qaraganda, yostiq ZEEQ — uyquning «aqlli ishtirokchisidir». Unda kiritilgan Bluetooth interfeysli tizimi bilan akustik tizim mavjud, shu sababli uxlashga yordam beradigan yoqimli musiqa va boshqa tovushlarni taratishi mumkin.

Uyqu davrida foydalanuvchi xurragini «eshitsa», yostiq yengil vibratsiya bilan foydalanuvchini uyg‘otib, yotgan holatini o‘z­gartirishga yordam berishi mumkin.

Yostiq uyg‘otkich (budilnik) vazifasini ham bajarishi mumkin, bunda u foydalanuvchining uyqudagi harakatlarini kuzatib, uyg‘otish talab etilgan vaqtga yaqin soniyalarda qulay vaziyatni tanlaydi.

zeeq_28_07_2016_1

Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar ta’kidlashicha, yostiq­ning o‘zi ham juda qulay: yumshoq, biroq zarur yuklamani yaxshi ko‘taradi va zarur shaklga ega bo‘la oladi. ZEEQ yostig‘ida u bilan birga qo‘llanadigan iOS va Android uchun mobil ilovasi mavjud, unda foydalanuvchi sozlashni o‘zgartirishi va to‘plangan ma’lu­motlarni tahlil qilishi mumkin. Yostiqqa kiritilgan elektronika USB portidan quvvat olib, taxminan bir hafta mobaynida 5000 mAch sig‘imli akkumulyatorda ishlaydi.

Manba: https://www.kickstarter.com/projects/2121327950/zeeq-smart-pillow-stream-music-stop-snoring-sleep

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq