Zamonaviy noutbuklar uchun keraksiz bo‘lib qolgan 8 qurilma
28.07.2016
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: Aleksandr Suchkov, Marufa Azizova.

fakt_28_07_2016

Ma’lumki, mazkur ruknimizda AKT sohasidagi qiziqarli tarixiy ma’lumotlar, taniqli shaxslar faoliyati, shuningdek, turli kompaniyalar tarixidan  hikoya qilib kelmoqdamiz, navbatdagi sahifamiz zamonaviy qurilmalardan noutbuklarga bag‘ishlanadi.

Keyingi yillarda noutbuklar tubdan o‘zgardi. Bahaybat mashinalarni ixchamlashtirib, funksional shaxsiy kompyuterga aylantirish bo‘yicha harakatlar tarixi o‘tmishda qoldi. Zamon va texnologiyalar taraqqiyoti bilan o‘tmish qurilmalari o‘rniga noutbuk va planshet rejimida foydalanish mumkin bo‘lgan yupqa qiyofali ultrabuklar, yengil klaudbuklar kabi 2tasi 1tada qurilmalari paydo bo‘ldi. Mobil qurilmalari sohasidagi taraqqiyot natijasida ZIP-disketlar, RS-232 interfeysi hamda eski trekbol kabi qurilmalar foydalanish sohasidan chetga chiqib, texnologiyalar tarixi sahifalaridan joy olmoqda. Ularning soni ortib, safi asta kengayib bormoqda…

Zaxira akkumulyatorlari
Noutbuklar yangi protsessorlarining quvvat ta’minoti yaxshila­nishi evaziga va akkumulyatorlari sig‘imining ortishi bilan akkumulyator bir marta quvvat olganida ancha uzoq muddat ishlay oladi. Aynan qancha vaqt deb o‘ylaysiz? Laptopmag.com veb-saytida uzoq vaqt avtonom ishlaydigan noutbuklar jadvali taqdim etilgan. Birinchi o‘rinni Core i5 protsessori bazasida Lenovo ThinkPad x260 egallamoqda — mazkur noutbuk qo‘shimcha quvvat olmay, 17 soat ishlashi mumkin. Ikkinchi o‘rinni — Celeron protsessori bazasida Acer Aspire One Cloudbook budjet klaudbuki egallamoqda. Uning ko‘rsatkichi — 14 soatdan ortiq. Bunday noutbuklar uchun zaxira akkumulyatorining hojati yo‘q.

fakt_28_07_2016_1

Noutbuklar uchun sumkalar
Agar zaxira akkumulyatori kerak bo‘lmas ekan, unda katta sumkaning ham keragi bo‘lmaydi. Barchamizga ko‘plab cho‘ntaklari hamda noqulay yelkaga osib yuriladigan kamarga ega bo‘lgan qora neylondan tayyorlangan sumkalar yaxshi tanish. Ularning dizayni 20 yildan buyon deyarli o‘zgarmagan. Zamonaviy yengil, ultrayupqa va «uzoq xizmat qiluvchi» noutbuklarni qulay oddiy zamonaviy himoya g‘iloflarida olib yurish mumkin.

Parollar
RealSense kiritilgan kamerali noutbuk sotib olishda an’anaviy parol o‘rniga Windows Hello funksiyasi tizimiga kiritishdan foydala­nishingiz mumkin. Endi yuqori va pastki registrda harflardan ibo­rat murakkab parollarni, qo‘shimcha himoya uchun yana g‘ashga tegadigan maxsus belgilarni esda saqlash shart emas. Parolingiz Windows Hello — bu sizning yuzingiz.

fakt_28_07_2016_2

Kabellar
Zamonaviy portativ shaxsiy kompyuterlar uchun endi Ethernet kabellarining keragi yo‘q, printer va simli USB-sichqonchalari uchun kabellar ham shart emas. Yaqin kelajakda Intel WiDi kabi texnolo­giyalar barcha DisplayPort, DVI va HDMI kabellarining o‘rnini bo­sadi, WiGig esa USB bazasidagi periferik qurilmalarning barcha turlari ulanishi uchun simsiz yechimlarni taqdim etadi.

Hatto quvvat ta’minoti manbalari uchun kabellardan voz ke­chish rejalashtirilmoqda. Kelajak noutbuklarida Rezence kabi simsiz quvvat oladigan akkumulyatorlar texnologiyalaridan foydalaniladi.

fakt_28_07_2016_4

Optik disklar
O‘ta tezkor kengpolosali va simsiz ulanishi evaziga kombinatsiyalangan diskovod DVD/Blu-ray ham o‘tmish qurilmalari toifalari qatorida qolib ketdi. Mazkur diskovod bizga shunchaki ke­rak bo‘lmay qoldi. Har qanday dasturiy ta’minotni Internetdan, sevimli filmlar va musiqani namoyish etilishi oqimidan ham saqlab olish mumkin. Bundan tashqari, zamonaviy noutbuklar korpusi naqadar yupqaligi evaziga (masalan, Samsung Notebook 9 noutbugining qalinligi bor-yo‘g‘i 1,4 sm) optik diskovod uchun shunchaki joy bo‘sh qolmoqda.

fakt_28_07_2016_3

Qattiq disklar
Axborotlarni namoyish etish oqimi servislari va hujjatlarni bulutli saqlash imkoniyatlari paydo bo‘lishi bilan qattiq disklar maqsadga muvofiq bo‘lmay qoldi. Masalan, ko‘plab zamonaviy noutbuklarda SATA qattiq diski o‘rniga allaqachon yuqori tezlikda ma’lumotlar uzatish va qayta ishlashni ta’minlovchi yanada ishonch­li qattiq jismli axborot saqlovchilardan foydalanilmoqda.

Sovitish ventilyatorlari
Eslaysizmi, bir vaqtlar noutbuklar qanday ventilyatorlarga ega edi? Eslab ko‘ring: mana noutbukingizda jimgina ishlab o‘tiribsiz. Faqatgina bosganingizda klavishlar tovushi eshitilmoqda, qattiq disk esa deyarli shovqinsiz ishlamoqda. Shu vaqt ventilyator ishga tusha­di: noutbukning orqa tomonidan havo chiqa boshlaydi, kuler esa jajji reaktiv dvigatel kabi shovqin soladi. Bugungi kunda kam ener­giya iste’mol qiluvchi protsessorlar, masalan, Intel Celeron va Intel Core M kabilar evaziga noutbuklar uchun sovitiladigan ASUS Zenbook UX305 kabi qurilmalarga ventilyatorning keragi ham yo‘q. Mazkur qurilmalar ajoyib bo‘lib, ko‘ngildagidek jimgina ishlay oladi.

fakt_28_07_2016_5

Windows
Hatto Windows ham texnologik taraqqiyot chegarasida qolib ketishi mumkin. Microsoft Windows OT o‘z turli-tuman versiyala­rida mana 30 yildan ortiq foydalanib kelinmoqda.

Biroq Google’dan Chrome OT bugungi kun aqliy mehnat xodimlari uchun munosib muqobil variant bo‘lishi mumkin. So‘nggi ma’lumotlarga muvofiq, yaqinda AQSHda Chromebook qurilmalari savdosida birinchi marta MacBook savdo hajmi oshirildi. Intel Core mikrosxemasi bazasidagi Acer Chromebook 14 kabi qurilmalar o‘zining qimmatli dizayni, ajoyib mahsuldorligi va arzon narxi evaziga iste’molchilar talabini qozonmoqda.

2tasi 1tada qurilma paydo bo‘lishi munosabati bilan klassik ikki qopqoqli korpusli noutbuklar ham xavf ostida qolmoqda, ulardan ekranining buralishi, taxlanishi va birlashtirilishi kabi imkoniyatlari evaziga an’anaviy noutbuk yoki planshet sifatida foydalanish mumkin. Keyingi safar hozirgi davrda foydalanayotgan noutbukdan butunlay farq qiladigan qurilma sotib olishingiz ehtimoldan holi emas.

Hovalin: 3D-printerbda bosib chiqarilgan Stradivari ckripkaci
Hovalin deb atalgan skripkani mos keladigan 3D-printerida bosib chiqarish mumkin. Xovalar oilasi Dremel Builder, MakerBot Rep 2 yoki Ultimaker 2’ni tavsiya etadilar. To‘g‘ri, printer sotib olish qimmatga tushishi mumkin, biroq uni ijaraga ham olsa bo‘ladi. Asbobni bosib chiqarish va yig‘ish uchun zarur bo‘ladigan ro‘yxatiga esa, plastikli iplar, karbonli sterjen, tor hamda yoyi skripka yaratuvchiar saytlarida mavjud.

fakt_28_07_2016_6

Yana bir yangilik shundan iboratki, Hovalin 3D-modeli ochiq: uni shaxsiy ehtiyojga ko‘ra o‘zgartirish mumkin. Agar skripkaning bosib chiqarilgan varianti to‘g‘ri kelmasa, unda $600 evaziga tayyor asbob sotib olish mumkin, ular bir necha xil rangda taqdim etilgan.

fakt_28_07_2016_7

Rasmda tasvirlangan skripkadan taralgan musiqa dillarni yayratadi! Mashhur Stradivari skripkasi namunasida Xovalar oilasi tomonidan yaratilgan plastik asbob skripkani chalishni biladigan qobiliyatli odamlar qo‘lida ajoyib musiqiy ohanglarni taratadi. Agar hech qachon skripka chalmagan bo‘lsangiz, bilib qo‘ying, bu tasavvur qilganingizdan ko‘ra qiyinroq ishdir!

Manba: http://iq.intel.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq