Yaponiyadan USB-kir yuvish mashinachasi
28.07.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

yap_28_07_2016

Ona platada nechta USB-portlar mavjudligiga qaramay, ular doim mazkur portlarga ulanadigan yangidan-yangi yaratilayotgan g‘aroyib qurilmalar uchun baribir yetishmaydi. Shuni ta’kidlash zarurki, mazkur qurilmalar shunchaki quvvat ta’minoti uchun bir qator USB interfeyslardan foydalanadi.

Ko‘plab USB-qurilmalari odamlar uchun kompyuterda ishlashda qulaylik uchun mo‘ljallangan. Shu’la tara­tishi ish joyi yoritilishi darajasini oshiradi, ventilyatori harorati issiq kunlarda foydali, isituvchi qurilmalari esa turli ichimliklarni uzoqroq muddat iliq holda turishini ta’minlaydi, yangi yil archasi yog‘duli nur taratuvchi chiroqlari esa barchaning bayram kayfiyatini ko‘taradi. Shu bilan birga, AKIBA PC Hotline yapon sayti ta’kidlashicha, USB qurilmasini portga ulash bilan amal qiladigan kir yuvish mashi­nasini sotib olish mumkin. Savdoda amal qilishi tarqaluvchi suyuq muhitda ultratovush tebranishlariga asoslangan, biroq boshqa quvvat manbalaridan foydalanadigan qurilmalar USB porti kabi mahsulotlarni ham ko‘plab uchratish mumkin. Ultratovush to‘lqinli USB-portiga ulanganidan so‘ng suvda tarqalib, matolardagi kirlangan joylarni yuva boshlaydi. Shunday bo‘lsada yuqori ish samaradorligiga erishish uchun idishga suv bilan birga kir yuvish kukunini ham qo‘shishni tavsiya etmoqdalar.

yap_28_07_2016_1

Xizmat safari yoki mehnat ta’tili davri uchun yaxshi yechim­lardan hisoblanuvchi qulaylikdan foydalanib, qurilmani shuncha­ki noutbukka ulash, suv to‘ldirilgan konteyner topib, kirlangan kiyimlarni solish zarur, shunda olib yuriladigan liboslar sonini kamaytirish mumkin. Mazkur holatda USB-kabel uzunligi 1,85 m bo‘lib, uning razyomi namlikdan himoya qilinmagan, shu sababli kir yuvishdan keyin ortiqcha tasodifiy yuklama «dumdan» ehtiyot choralarini ko‘rish zarur. Gadjet o‘lchami parallelepiped shakliga ega bo‘lib, atrofidan 60 x 80 x 40 mm, og‘irligi 146g.dan oshmaydi.

Manba: www.gizmod.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq