Xitoyda ruhoniylardan birining o‘rnini robot egalladi
28.07.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Xitoyda hozirgi davrda jahonda budda dinini ommalashtirish bo‘yicha dasturlar doirasidagi loyihalar asosida ibodatxonalardan birida g‘aroyib ruhoniy-robot paydo bo‘ldi. Robot tashrif buyu­ruvchilarga murojaat etadi, budda dini bilan bog‘liq yuzlab savollarga javob bera oladi, deb xabar beradi onegadget.ru sayti.

xit_28_07_2016

«Portativ Mexanika» nashri ma’lum qilishicha, Pekin shahri chekkasidagi qadimiy buddiy ibodatxonada ilg‘or zamonaviy texnologiyaga duch kelish hech kimning xayoliga ham kelmasa ke­rak. Biroq ibodatxonada din haqidagi an’anaviy tasavvurlarni buzib, uning kiraverishida robot-ruhoniydan foydalanishga qaror qilin­di. Robot dizayni Xitoyda taniqli ommaviy uslubdagi multi­plikatsion film qahramoni — ruhoniy obrazidan olingan. Robot, o‘zining prototipi kabi domboqqina va dumaloqqina bo‘lib chiqdi, biroq bu unga g‘ildiraklarida atrof-muhitda hamda ibodatxonada mo‘ljal olish va tezkor harakatlanishga halaqit qilmaydi. Robot ostonada tashrifchilarni kutib oladi va ommaviy shaklda ularga din haqida so‘zlab beradi. Bundan tashqari, robot budda diniga aloqador bo‘lgan yuzdan ortiq savollarga javob berishi ham mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq