SwagBot robot-cho‘pon
28.07.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Sidney universiteti robottexnikasi sohasida professor Sala Zyukkari (Salah Sukkarieh) qishloq-xo‘jaligi sohasiga oid robotlar ishlab chiqish loyihalari bo‘yicha ish yuritmoqda. Loyiha 130 nafar tadqiqotchi-muhandislarga ega bo‘lgan Avstraliya dala robototexnikasi markazi (ACFR) tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu yerda tog‘ sanoati va aviatsiya sohalari uchun robotlar yaratish bo‘yicha ishlar olib boriladi. Bugungi kunda fermerlar ish faoliyatini avtomatlashtirishga yordam beruvchi robotlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

swag_28_07_2016

Yaqinda ACFR dala robottexnikasi markazida yangi qurilma dastlabki SwagBot nomli avtomatlashgan robot-cho‘pon Avstraliyaning Nyukasl shahriga yaqin joylashgan fermada testdan o‘tkazildi. Ishlab chiqaruvchilar fikrlariga qaraganda, oddiygina tashqi qiyofasiga qaramay, SwagBot robot-cho‘pon qoramolchilik fermalarida podani dalada o‘tlatish va ularni nazorat qilish bo‘yicha juda ko‘plab vazifalarni bajarishda katta yordam bera oladi. Mazkur robot juda qimmatbaholigiga qaramay, yurish va o‘tish qiyin bo‘lgan joylarda tengsiz qobiliyatliligini namoyon etdi. Uning uchun chuqurlik va tepalik hamda noqulay joylardan o‘tish hech gap emas. Agar yer yuzasi tekis va qulay bo‘lsa, SwagBot cho‘pon tezligini 15–20 km/soat­gacha oshirishi mumkin. Keyingi yillardagi global avtomatlashtirish jara­yoni tezkor sur’atlarda rivojlanmoqda, odamlar o‘rniga yoki ularga yordam beruvchi turli kasblarda ishlashi mumkin bo‘lgan robotlar yaratish ustida ko‘p ishlar qilinmoqda. Robotlarning hatto odamlar bajara olmaydigan kasblarda ham amal qiladigan turlari ishlab chiqilmoqda. Kelajakda an’anaviy dala ishlarini bajarish va qo‘ylar, yirik qoramollarni boqishda cho‘ponlarga hamroh bo‘ladigan it vazifasini hamda odamlarga ko‘plab ishlarni bajarishda yordam bera oladigan jahonda dastlabki SwagBot nomli avtomatlashgan robot-cho‘pon bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Sidney universiteti (University of Sydney) dala robottexnikasi markazi (Centre for Field Robotics) mutaxassislari tomonidan yaratilgan SwagBot roboti allaqachon dastlabki dala ishlari sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan. Unda o‘z xususiy simlari bo‘lganligi sababli har qanday burchakka burilishi, yuqori darajada harakatla­nishi va turli murakkab joylardan o‘tish imkonini beruvchi to‘rt g‘ildiragi evaziga robot har qanday vazifani bajara oladi. Natijada bunday robotlar Avstraliyaning yirik qoramol podasini va qo‘ylarini nazorat qilishda, ayniqsa, ko‘pincha murakkab joylarda masofadan boshqarish tizimidan foydalanish imkonini beradi. Birinchi sinov davrida SwagBot avtomatik “kovboy” podani boshqarish bo‘yicha o‘zining barcha qobiliyatini namoyon etdi, sinov jarliklar, turli to‘siqlar mavjud do‘lgan, sharshara hamda yaylovlarda o‘tkazildi. Agar yaylov xavfli bo‘lsa, robot mustaqil ravishda podani boshqa qulayroq o‘t-o‘lan ko‘p bo‘lgan yaylovga haydashga qodirli­gini ko‘rsatdi. SwagBot roboti podani boshqarishda uy hayvonlarining kasalligi yoki jarohatlanganligini aniqlovchi bazaviy funksiyasidan tashqari, undagi maxsus tizimi funksiyasi ishga tushadi. Buning uchun robotda harorat datchiklari va harakat datchiklari mavjud bo‘lib, ular robotga jonivorlar harakatidagi o‘zgarishlarni sezish imkonini beradi. Robotning amal qiladigan vazifalari doirasiga kiritilgan tizimlar funksiyalaridan yana biri har bir jonivorni ta­nish funksiyasi, identifikatsiyalash xususiyati bo‘lib hisoblanadi. Robotdan podadagi qoramollar sonini doimiy nazorat qilish hamda ulardan biri umumiy podadan uzoqlashgan taqdirda, darhol chora ko‘rish uchun foydalanish mumkin.

Manba: http://mashable.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq