Starship Technologies Yevropaning beshta mamlakatida mahsulotlarini yetkazib beruvchi servis – g‘ildirakli robotni test uchun foydalanishni yo‘lga qo‘ydi
28.07.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘tgan yil oxirida yosh Starship Technologies kompaniyasi olti g‘ildirakli robot — mahsulot yetkazib berish servisini taqdim etdi. Apparatlar piyodalar yo‘lidan 7 km/soat tezlikda harakatlanadi. Kompaniya saytida ma’lum qilinishicha, yaqin vaqtlarda Starship test dasturi Buyuk Britaniya, Germaniya va Shveytsariyada taqdim etiladi, keyinroq AQSHda ham paydo bo‘ladi.

star_28_07_2016

Birinchi bosqichda Starship Technologies Yevropaning beshta mamlakati shaharlarida g‘ildirakli robot — mahsulotlarni yetkazib berish servisidan test rejimi bo‘yicha foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. G‘ildirakli robotlar kompaniya hamkorlariga, jumladan, Just Eat, Hermes, Metro Group va Prontoga mahsulotlarni yetkazib beradi. Starship o‘nlab robotlarni taqdim etadi, biroq aniq soni ma’lum emas. Shaharlar nomi ham hozircha ma’lum qilinmagan, biroq dastlabki uchta shahar bu London, Dyusseldorf va Berndan iborat. Dronlardan farqli ravishda, Starship robotlari harakat radiusi katta emas — bor-yo‘g‘i 3–5 km. Ma’lum bo‘lishicha, Yevropada Starship servislari oldida hech qanday huqudiy masala paydo bo‘lmagan. Aslida, piyodalar yo‘lidan harakatlanadigan g‘ildirakli robot — mahsulot yetkazib berish servisi sifatida to‘satdan ag‘darilib ketish xavfidan yiroq, uning hajmi juda ixcham. Faqat bir muammo mavjud bo‘lsada, ya’ni robotlarni o‘g‘irlab ketishlari mumkinligi kompaniyani xavotirga solmayapti.

Manba: www.starship.xyz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq