Muhim uchta yo‘nalishlar — davlat xaridi, biznes va mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
28.07.2016
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

sem_28_07_2016

2016 yil 26 iyul kuni “Elektron hukumat” markazida muhim uchta yo‘nalishlar — davlat xaridi, biznes va mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar Osiyo taraqqiyot bankining “Samarali davlat boshqaruvi uchun elektron hukumat” texnik hamkorlik loyihasi doirasida biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xalqaro ekspert Sanjay Sakzena va mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xalqaro ekspert Rejinald Millerlar ishtirokida tashkil etildi.

Xalqaro ekspertchilar o‘zlarining taqdimotlarida yuqorida sanab o‘tilgan muhim uchta yo‘nalishlarni kelgusida rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarini mazkur sohalarga jalb etilgan manfaatdor tashkilotlardan tashrif buyurgan mutaxassislar e’tiboriga havola etishdi.

Tadbir davomida davlat xaridi, biznes va mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini maqbullashtirish hamda mazkur sohalar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa savollar ham muhokama etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq