LUKE — harakatlashsh yangi darajasiga ega bionik qo‘l protezi
28.07.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

luke_28_07_2016

LUKE (Life Under Kinetic Evolution) sun’iy qo‘l ko‘rinishidagi bionik protez bo‘lib, DEKA ilmiy-tadqiqot kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Kompaniya prezidenti Segway o‘zini balans­lashtiruvchi samokat ixtirochisi Din Keymen (Dean Kamen) bo‘lib hisoblanadi. Mahsulot allaqachon bozorga chiqarish uchun tayyor. Loyihani DARPA agentligi qo‘llab-quvvatlagan bo‘lib, tijorat mahsuloti sifatida uning sotilishi bilan tibbiy qurilmalar ishlab chiqaruvchi Mobius Bionics shug‘ullanmoqda. Mahsulotni 2016-yil oxirida yetkazib berish rejalashtirilgan, deb xabar beriladi, rasmiy press-relizda, unda LUKEning ishlab chiqarilishi bilan 10 000 soatdan ortiq vaqt mobaynida sinovlardan o‘tkazilgan hamda unda qo‘l-oyog‘i amputatsiya qilingan 100 nafarga yaqin kishilar ishtirok etgan.

LUKE ishining asosiy tamoyili shundan iboratki, protez ular­ning elektrik faolligi (elektromiogrammalari)ni qayd qiladigan datchik­lari, shuningdek, inertsial datchiklari va qamrab olish kuchi haqidagi ma’lumotlarni uzatish uchun qayta aloqa tizimi tashkil etadigan mushaklardan keladigan signallar yordamida boshqariladi. Mobius Bionics ta’kidlashicha, mazkur LUKE qurilmasi ilgari mazkur sohadagi ishlanmalardan qo‘lni bosh ustiga ko‘tarish yoki bel tomon uzatib, yetkazishga imkon beruvchi yelka bo‘g‘imlarining yuqori harakatliligi bilan farq qiladi; Tirsak «bo‘g‘imi»ning yetarli kuchi bilan mahsulot to‘ldirilgan paketni poldan stolga ko‘tarib qo‘yish, shuningdek, sun’iy panjalarning yengil harakatining ta’minlanishi bilan bemor stakanni ichidagi suyuqlikni to‘kib yubormasdan, boshi ustiga ko‘tarish yoki beli darajasida ushlashga muvaffaq bo‘ladi. Ma’lum qilinishicha LUKE yelka bo‘gimlari yoki yelkasining old tomoni amputatsiya qilinganlar uchun moslashtirilib, bir necha konfiguratsiyalarda taqdim etiladi.

Manba: www.3Dnews.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq