LG Innotek kompaniyasi sport, tibbiyot va avtomobilsozlik uchun qulay bosim datchigini taqdim etdi
28.07.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

lg_28_07_2016

LG Innotek kompaniyasi sport, tibbiyot va avtomobilsozlik kabi turli sohalarda foydalanish uchun qulay bosim datchigini muvaf­faqiyat bilan ishlab chiqarilgani haqida ma’lum qildi. Sensori ko‘pchilik zamonaviy yechimlardan juda yuqori mustahkamligi va ishonchliligi bilan farq qiladi. U atrof-muhitning -40°dan -80°C daraja haroratida ham beto‘xtov ishlashi hamda o‘z xizmat muddatini 100 ming o‘lchamlargacha davom ettirishi mumkin. Yangi datchik inson terisida allergik ta’sir ko‘rsatmaydi, shu sababli fut­bolka, kalta shim, poyabzal yoki qo‘lqopga muvofiqlashtirish tavsiya etiladi, bu sportchilar ko‘rsatkichlarini kuzatish va samarasini oshi­rish imkonini beradi. Tibbiyotda bunday bemor kiyimi yoki yotish joyiga kiritilgan datchiklar 24/7 rejimida zarur ma’lumotlarni uzatishi mumkin. Agar avtomobillar haqida gap ketsa, ulardagi yangi avlod aqlli o‘rindiqlari avtomatik ravishda, barcha qulaylikni taqdim etishga intilib, yo‘lovchi tanasiga moslashishi mumkin.

LG Innotek yechimi tijorat sotilishi muddatlari haqida hozircha hech gap yo‘q.

Manba: www.lginnotek.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq