1-E-tijorat bir martalik tanlanma kuzatuv so‘rovnomasi tasdiqlandi va amaliyotga joriy etildi
28.07.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Davlat statistika qo‘mitasining 2016 yil 26 iyuldagi 13-son qarori bilan bir martalik tanlanma kuzatuv so‘rovnomasi 1-E-tijorat “Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha tovar va xizmatlar oldi-sotdisi (elektron tijorat) hajmining kuzatuv so‘rovnomasi” va “Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha tovar va xizmatlar oldi-sotdisi (elektron tijorat) hajmining pilot shaklida tanlanma kuzatuvini tashkil etish va o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi” tasdiqlandi va amaliyotga joriy etildi.

Mazkur vaqtinchalik tartib davlat statistika organlari tomonidan zamonaviy elektron tijorat bozorining rivojlanishi to‘g‘risida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarishga imkon beradigan statistik ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Kuzatuv hisobot tizimini va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 dekabrdagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2016-2018 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish Kontseptsiyasini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan taqdim etish tartibini takomillashtirish doirasida joriy etilgan.

Tanlanma kuzatuv so‘rovnomasi hamda kuzatuvni tashkil etish va o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi 2016 yil 27 iyuldan kuchga kirdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq