Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarining monitoringingida AKTni joriy etish
27.07.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Tuymurod Shoymardonov.

oliy_27_07_2016

Respublikamizda faoliyat ko‘rsata­yotgan Oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ular­ning malakasini oshirish muassasalarining yagona axborot ta’lim portali qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalari faoliyatini boshqarish va monitoring olib borish vazifalarini bajaradi. Unga ko‘ra qayta tay­yorlash va malaka oshirish kurslariga qabul qilingan har bir tinglovchi dastlab tizimga ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda pedagog o‘zining tizimdagi kabinetiga va elektron portfoliosiga ega bo‘ladi (1-rasm).

oliy_27_07_2016_1

1-rasm. Kursga qabul qilish sxemasi

Tinglovchilarni qayta tayyorlash kurs­lariga qabul qilish, ya’ni tinglovchi haqidagi ma’lumotlarni (agar tizimda u haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa) portalga kiritish orqali tinglovchining qayta tayyorlash muassasasidagi shaxsiy kabineti hamda tizimidagi elektron portfoliosi yaratiladi. Shundan so‘ng tinglovchi kursga qabul qi­linadi va uning kurs davomidagi barcha natijalari elektron tizimda qayd etib boriladi. Jumladan, kurslar boshidagi kirish va kurslar so‘nggidagi chiqish test sinovlari ularning tizimdagi kabinetlari orqali on-layn rejimda o‘tkaziladi, shuningdek, tinglovchilarning kunlik davomatlari, joriy assisment ballari, pedagogik amaliyot va yakuniy attestatsiya natijalari ham portalning qayta tayyorlash markazlaridagi hududiy admi­nistratorlari tomonidan tizimga kiritib boriladi.

Bundan tashqari, kurslar yakunida ting­lovchilar o‘zlarining tizimdagi kabinetlari orqali qayta tayyorlash muassasasi faoliyati va kurslarning tashkil etilganligini baholovchi on-layn anketa so‘rovnomalarida ham ishtirok etadilar. Elektron tizim tinglovchilarning natijalarini turli ko‘rinishlarda tah­lil qilish imkoniyatini beradi. Har bir ting­lovchining qayta tayyorlash o‘quv jarayoni­dagi ko‘rsatkichlari ularning shaxsiy kabinetlarida va elektron portfoliolarida qayd etib boriladi. Shuningdek, tinglovchilarning kunlik davomatlari, malakani himoya qilish ishlari mavzulari va uning ballari, shu­ningdek, malaka attestati, tinglovchilar safidan chiqarilganlik, kurslarga sababsiz qatnashmaganlik, shartnoma asosidagi tinglovchilar haqidagi ma’lumotlar portal­ning monitoring tizimida doimiy qayd etib boriladi. Tizimda ma’lumotlarni saralash, tahlil qilish, taqqoslash, xulosalar chiqarish hamda jarayonlarning umumiy va xususiy hollardagi natijalarini tahlil qilish imkoni­yatlari yaratilgan. Tizimdan ma’lu­motlarni olish va eksport qilishning qulay navigatsiyasi ishlab chiqilgan (2-rasm).

oliy_27_07_2016_2

2-rasm. Monitoring tizimning navigatsiya strukturasi

Tizimga faqat ruxsat etilgan shaxslar hamda mintaqaviy va tarmoq markazlari xodimlari kira olishlari mumkin. Tizim faqat ma’lumotlarni ko‘rish uchun xizmat qiladi, ya’ni ma’lumotlarni o‘zgartirish, o‘chirish yoki qo‘shish mumkin emas. Ushbu tizim mintaqaviy va tarmoq markazlarining (http://markazlar.bimm.uz) portalga kiritgan ma’lumotlari asosida natijalarni gra­fik va jadval ko‘rinishlarida taqdim etadi.

oliy_27_07_2016_3

Monitoring tizimiga avtorizatsiyadan o‘tganda asosiy sahifada, markazlar kesimida joriy oydagi reja bajarilish holatini aks ettiruvchi diagramma va jadval ko‘rinadi. Tizim oynasining yuqori va chap qismida (1) menyular satri joylashgan bo‘lib, ular reja bajarilishi, tinglovchilar davomati, ting­lovchilar o‘zlashtirishi, kasbiy faoliyat natijalari, turli statistik ma’lumotlar kabi qismlarga bo‘lingan. Bu qismlarning har birining tarkibiy qismlari mavjud va ular ham oynaning chap tomonida (2) joylashgan. Monitoring natijalarini filtrlash uchun oynaning yuqori qismida yil, oy, sana va malaka oshirish markazlarini tanlash (3) tug­malari joylashgan. Shuningdek, olingan natijalarni eksport qilish va chop etish imkoniyati ham (4) mavjud.

Malaka oshirish rejasi bajarilishini ko‘r­satuvchi diagrammalar ham gipermurojaat vazifasini bajarib, ular malaka oshirish kurslariga jalb qilingan tinglovchilar haqida ma’lumot beruvchi sahifalarni chaqiradi. Tizimning ikkinchi asosiy menyusi ting­lovchilar davomati bo‘lib, bunda ham ma’lu­motlar diagramma va jadval ko‘rinishla­rida markazlar kesimida aks ettiriladi. Tinglovchilar davomati kunlik, oylik va yillik ko‘rinishlarida olinadi. Tizim admi­nistratori markazlar tomonidan kiritilib borilayotgan kunlik davomatlarni nazorat qilib boradi va agar biror markaz tomonidan davomat kiritilmay qolganda, unga elektron eslatma yuboriladi (4-rasm).

oliy_27_07_2016_4

4-rasm. Markazlar kesimida tanlangan sanadagi davomat sahifasi

Markazlar davomatini aks ettiruvchi diagrammadan biror markazni tanlash or­qali uning shu oydagi to‘liq kunlik davomatini ko‘rish mumkin. Shuningdek, tizimning bu qismidan «tinglovchilar safidan chiqarilganlar», «kurslarga qatnashmaganlar» va «kursni ma’lumotnoma bilan tugatganlar» kabi qo‘shimcha ma’lumotlarni ham olish mumkin. Tizimning navbatdagi qismi bu tinglovchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkich­laridir. Bu qismda o‘zlashtirish ko‘rsatkich­larini kirish va chiqish test natijalari, assissment ballari, pedagogik amaliyot va yakuniy attestatsiya natijalari hamda elektron portfolio ko‘rsatkichlari kesimida ma’lumot­larni olish mumkin. Bundan tashqari, «Attetatsiyaga ruxsat etilmaganlar» va «Attetatsiyadan o‘tmaganlar» kabi qo‘shimcha ma’lumotlar ham ushbu qismdan joy olgan (5-rasm).

oliy_27_07_2016_5

5-rasm. Markazlar kesimida tanlangan sanadagi davomat sahifasi

Tizimning yana bir imkoniyati bu malaka oshirgan tinglovchilarning kasbiy fao­liyati natijalarini kuzatib borishdir. Bunda natijalar tinglovchilarning shaxsiy portfo­liolarida kiritilgan ma’lumotlari asosida to‘planadi. Shuningdek, tizimdan turli sta­tistik ma’lumotlarni ham olish mumkin (6-rasm). Masalan: «Oylik statistika», «On-layn anketa natijalari», qayta tayyorlash kurslari yo‘nalishi bloklari kesimida yoki tinglovchilarning yoshlari kesimidagi «Test natijalari tahlili» va boshqalar.

oliy_27_07_2016_6

6-rasm. Tinglovchilar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari sahifasi

Ishlab chiqilgan monitoring tizimi 2013-yil aprel oyidan boshlab amaliyotga tatbiq etilgan va oliy ta’lim tizimi pe­dagog kadrlarining qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida o‘quv jarayoni natijalarini tizimli monitoringini amalga oshirishda foydalanib kelin­moqda. 2013-yil aprel–dekabr oylarida mintaqaviy va tarmoq markazlarida malaka oshirgan tinglovchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari shuni ko‘rsatadiki, min­taqaviy markazlarda kurslarni muvaffaqqiyatli tamomlagan 1516 nafar professor-o‘qituvchilarning kurs avvalidagi ko‘rsat­kichlari kurs yakuniga borib o‘rtacha 23 foizga, tarmoq markazlaridagi 2425 nafar professor-o‘qituvchilarning ko‘rsat­kichlari esa o‘rtacha 24 foizga oshgan.

2014-yilda bu ko‘rsatkichlar 2–3 foizga oshganligini ko‘rish mumkin. Min­taqaviy markazlarda kurslarni muvafaqqiyatli tamomlagan 1870 (34%) nafar professor-o‘qituvchilarning kurs avvalidagi ko‘rsatkichlari kurs yakuniga borib, o‘rta­cha 27 foizga, tarmoq markazlaridagi 3699 (66%) nafar professor-o‘qituvchi­larning ko‘rsatkichlari esa o‘rtacha 25 foizga oshgan. 2015-yilda esa mintaqaviy markazlarda kurslarni muvafaqqiyatli tamomlagan 1614 (29%) nafar professor-o‘qituvchilarning kurs avvalidagi ko‘rsat­kichlari kurs yakuniga borib o‘rtacha 27,2 foizga, tarmoq markazlaridagi 3941 (71%) nafar professor-o‘qituvchilarning ko‘rsat­gichlari esa o‘rtacha 19,1 foizga oshgan. Matematik statistikaning ko‘p martalik o‘lchovlarni tahlil qilish usullaridan foydalangan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari o‘zlash­tirish natijalarining kelgusidagi holati prognozini yuritish mumkin, ya’ni elektron tizim qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining nafaqat monitoringini, balki uning kelgusidagi holatini oldindan bashorat qilish imkoniyatining mavjudligi bilan ta’lim tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Muallif: Tuymurod Shoymardonov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markaz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq