Farxod Umarxodjayev, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha  davlat inspeksiyasi boshlig‘i bilan suhbat
27.07.2016
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

gis_27_07_2016

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining 2016-yil I yarim yillik ish faoliyati yakunlari

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi mulkchilik shakl­lari va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reg­lamentlar talablari, litsenziyalar talablari va shartlari, sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibi, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xiz­matining sifat normativlari bajarilishi hamda ularga rioya qilinishi, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborotlashtirish va telekom­munikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanish yuzasidan davlat nazorati organi hisobla­nadi.

Davlatimiz tomonidan Inspeksiyaga yuklatilgan vazifalarni samarali va to‘liq amalga oshirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda, jumladan:

  • 2016-yil I yarim yillikda Inspeksiya tomonidan Nazorat qiluvchi organlar fao­liyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining qarori bilan tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga muvofiq 7ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tekshi­rishlar o‘tkazildi va kamchiliklar aniqlangan 6ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yozma ko‘rsatmalar berildi;
  • Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiya­larini joriy etish va rivojlantirishning holati yuzasidan 2016-yilning I yarim yilligi davomida 8ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida o‘rganishlar o‘tkazildi va tegishli xulosalar berildi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (www.my.gov.uz) orqali aholiga va tadbirkorlik subyektlariga Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan 747ta interaktiv davlat xizmatlari monitoring qilindi;
  • Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning noqonuniy ish­latilishining oldini olish maqsadida Inspeksiya hamda boshqa vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 2016-yilning I yarim yilligi davomida 114ta qo‘shma tadbirlar o‘tkazildi, o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 29ta shaxs 154ta radioelektron vositalarni noqonuniy ishlatayotganligi aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanildi;
  • 617ta qurilishi tugallangan aloqa obyekt­lari foydalanishga qabul qilindi va is­te’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati oshirildi hamda bir qancha qo‘shimcha xizmat turlaridan foydala­nish imkoniyatlari yaratildi;
  • aloqa va axborotlashtirish xizmatlari sifatini yaxshilash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida sohaga tegishli korxona va tashkilotlar bilan imzolangan Kelishuvlar asosida hamkorlikda 394ta profilaktik o‘rga­nishlar o‘tkazildi va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar aniqlanib, bartaraf etilishi ta’minlandi;
  • ko‘rsatilayotgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari sifati yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning Inspeksiyaga yozma, «Ishonch telefoni» xizmati, rah­bariyatning fuqarolar qabuli hamda joylarda tashkil etilayotgan sayyor qa­bullari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa vositalar orqali kelib tushgan 634ta murojaatlari ko‘rib chiqildi va murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar vakolat doirasida hal etilib, tegishli tushuntirishlar berildi;
  • aloqa sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzgan 55ta shaxsga nisbatan Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi»ning tegishli moddalariga muvofiq 25 787 520 so‘m miqdorida ma’muriy jazo choralari qo‘lla­nildi;
  • aloqa sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati normativlari buzilganligi uchun ularga nisbatan 70,0 mln. so‘m miqdorida moliyaviy sanksiyalar qo‘l­lanildi;
  • davlatimiz tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka erkinlik berish, ular faoliyatiga har qanday asossiz aralashuvlar va to‘siqlarga yo‘l qo‘y­maslik, profilaktika ishlarini faollashtirish, tadbirkorlik subyektlari bilan muntazam ravishda, muloqotlar uyushtirish va ularga yaqindan amaliy ko‘­mak berish, tekshirishlarni tartibga solishga doir qonun hujjatlari talab­larini targ‘ib qilishga qaratilayotgan e’tibordan kelib chiqqan holda 2016-yilning I yarim yilligi davomida bevo­sita joylarga chiqilib, 1585ta subyektlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi, 264ta seminarlar tashkil etildi va ushbu seminarlarda 2906ta tadbirkor va korxonalar xodimlari ishtirok etdi. 145ta «Ochiq eshiklar kuni» tadbir­lari o‘tkazilib, tadbirda ishtirok etgan 1372ta tadbirkor va fuqarolarning 268ta muammoli masalalari ko‘rib chiqildi. Ommaviy-axborot vositalarida 560ta chiqishlar tashkil etildi.

Inspeksiyaning 2016-yil II yarim yillik rejalari

Yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida Inspeksiya tomonidan 2016-yil II yarim yillikda quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtiril­moqda:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4725-son Farmoni ta­lablaridan kelib chiqqan holda, sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub­yektlari tomonidan sodir etilishi mum­kin bo‘lgan qoida buzilishlarning oldini olish, ularga normativ-huquqiy hujjatlar talablari bo‘yicha keng tushunchalar berish va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni tekshirishlargacha bartaraf etish yuzasidan profilaktika ishlarini tashkil etish va o‘tkazish;
  • aloqa va axborotlashtirish xizmatlari­ning sifat normativlari bajarilishini ta’­minlash hamda soha xizmatlari is­te’molchilari huquqlarini himoya qilish choralarini ko‘rish;
  • o‘tkaziladigan tekshirish, o‘rganish va monitoringlar jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshi­rish yuzasidan amaliy yordam berish;
  • aloqa tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida xo‘jalik yuri­tuvchi subyektlar bilan hamkorlikda liniya-kabel xo‘jaligining texnik holatini yaxshilash, me’yoriy talablar darajasi­ga keltirish, aloqa liniyalarini muhofaza qilinishi yuzasidan amalga oshirila­yotgan chora-tadbirlar ijrosi nazoratini kuchaytirish;
  • shuningdek, Inspeksiyaga yuklatilgan vazifalarni samarali va to‘liq amalga oshirish yuzasidan boshqa ishlarni tashkillashtirish.
Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq