Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni litsenziyalash
21.07.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

lic_21_07_2016

Yagona portaldagi Litsenziya va ruxsat etuvchi hujjatlar bo‘limidagi xizmatlar ro‘yxatiga yangi “Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong’indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni litsenziyalash” xizmati qo‘shildi.

Ushbu xizmat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan yuridik shaxslarga, murojaat yuborilgandan so‘ng 30 kun ichida bajariladi. Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi, litsenziya berish uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining o‘n barobarida haq to‘lanadi.

Xizmat natijasi bo‘lib Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish haqida qaror qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishdan iborat.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq