TATUda professor-o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursining birinchi moduli yakunlandi
21.07.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

tuit_21_07_2016

20 iyul kuni Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha TATU va Janubiy Koreyaning Sungshil universiteti bilan tuzilgan Memorandumga asosan, universitetga tashrif buyurgan 3 nafar professorlar: Yu Kvang Bok, Li Kang Hi va Cho Munlar boshchiligida 4 iyul kuni boshlangan malaka oshirish kursining birinchi moduli yakunlandi. Ikki haftalik trening kurslarida ishtirok etgan TATU va uni hududiy filiallarining 30 nafar o‘qituvchilari kursni muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatlar bilan taqdirlandilar.Hamkorlik doirasidagi ushbu trening kursining ikkinchi moduli 20 iyuldan boshlandi. Ushbu kursda ham 30 nafar o‘qituvchilarning malaka oshirishi ko‘zda tutilgan.

tuit_21_07_2016_1

Ma’lumot uchun keltirib o‘tamiz: ushbu trening kurslari to‘liq ingliz tilida jahon standartlariga mos ravishda olib borilmoqda. Ikkinchi modul darslari joriy yilning 28 iyuliga qadar davom etadi. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2013 yil 26 martdagi PQ-1942-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Janubiy Koreyaning KAIST, Inxa, Kung-Xi, Chung-Ang, Seultex Sungshil va Seul milliy universitetlari bilan yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilganligi haqida avvalroq ma’lumot berib o‘tilgan edi.

tuit_21_07_2016_2

tuit_21_07_2016_3

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq