Toshkent shahar markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tarmog‘iga ulanish uchun texnik shartlar olishga elektron ariza yuborish xizmati
19.07.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_19_07_2016

Toshkent shahar aholisi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Toshissiqquvvati» ishlab chiqarish unitar korxonasining Toshkent shahar markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tarmog‘iga ulanish uchun texnik shartlar olishga elektron ariza yuborish yangi xizmati ishga tushirildi.

«Toshissiqquvvati» ishlab chiqarish unitar korxonasining Toshkent shahar markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tarmog‘iga ulanish uchun texnik shartlar olishga elektron ariza yuborish xizmatidan elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuridik (Tashkilotlar, budjet tashkilotlari, idoraviy uy-joy fondi va Mudofaa vazirligi yotoqxonalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, TJKX) va jismoniy shaxslar (tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan) bepul foydalanishlari mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq