«Alifbe» 1-sinf uchun elektron darslik
19.07.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi dasturchilari Ergashev Sharibboy, Kolantarov Aron, Achilova Nasiba, A’zamova Nilufar, Nazirbaev Abdimutalip va Ataxojaev Murodxonlar «Alifbe” 1-sinf uchun elektron darsligini yaratdilar.

«Alifbe” 1-sinf uchun elektron darslikning asosiy vazifasi zamonaviy texnika vositalari orqali bilim olishdan iborat bo‘lib, undagi video va audio roliklar qabul qilinayotgan bilimlarni oson o‘zlashtirishga va yodda saqlab qolishiga yordam beradi. Resursda foydalanilgan rang-barang tasvirlar, o‘yinlar, musiqalar bolalarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Darslikning oxirgi qismida mavzuni mustahkamlash uchun vazifalar berilgan. O‘quvchilar alifbeni kompyuter orqali o‘rganish imkoniyatiga ega.

Mualliflarga ushbu dastur uchun № DGU 03732 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq