Toshkentda EODT bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya forumi bo‘lib o‘tdi
16.07.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

sopo_16_07_2016

15 iyul kuni Toshkent shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Koreya IT-sanoatini rivojlantirish milliy agentligi (NIPA) hamkorligida “Erkin va ochiq dasturiy ta’minot masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya forumi” tashkil etildi.

Ushbu tadbirni tashkil etishda shu bilan birga Koreya Savdo va Investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash agentligi (KOTRA), “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shahridagi Inha universiteti ham o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Forum O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil uchun iqtisodiy dasturining ustuvor vazifalarini bajarish doirasida, Koreya Respublikasining “elektron hukumat” tizimida erkin va ochiq dasturiy ta’minot (EODT) mahsulotlaridan foydalanish bo‘yicha tajribasini o‘rganish hamda mahalliy dasturiy ta’minot bozorini rivojlantirishga ko‘mak berish maqsadida o‘tkazildi.

Forumda so‘z olganlar O‘zbekistonda AKTni rivojlantirishga yuqori e’tibor qaratilayotgani, mamlakat rahbariyati istiqbolda barqaror milliy iqtisodiyotga jamiyat hayotining turli jabhalari va iqtisodiyot sohalariga raqamli texnologiyalarni joriy etmasdan turib erishib bo‘lmasligini belgilab berganini qayd etishdi.

Forumda NIPA, Koreya axborot jamiyat milliy agentligi, Koreya ilm-fan sohasi vakillari va tadbirkorlar ishtirok etdilar. Shu bilan birga, tadbirda NIPA Prezidenti Yun Djong Lok ham qatnashdi.

O‘zbekiston tomonidan forum ishida vazirlik va idoralar, akademik va biznes doiralar, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida forum ishtirokchilari EODTni jamiyat rivojida qo‘llash va bu bo‘yicha xalqaro tajriba, tendensiyani muhokama qildilar. Shuningdek, ishtirokchilar EODT mahsulotlarini elektron hukumat va ta’lim tizimida joriy etish borasidagi Koreya tajribasi yuzasidan taqdimotlarni tingladilar.

Shuningdek, ishtirokchilar avtomatlashgan, “aqlli” tizimlarda EODTning tatbiq etilishi, bu borada koreyalik kompaniyalar tajribasi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilar. Koreya vakillari O‘zbekistonda davlat organlarining o‘zaro hamkorlik tizimini tashkil etishda erkin dasturiy ta’minot mahsulotlarni joriy etishning samarasiga bag‘ishlangan amaliy yechim va takliflar bilan chiqish qildilar.

EODT – dasturiy ta’minot turi bo‘lib, undan foydalanish uchun uni erkin ko‘chirib olish va uning kodiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq