Inspeksiyaga 2016 yilning birinchi yarim yilligi davomida kelib tushgan murojaatlar tahlili
14.07.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

Inspeksiyaga kаbel va efir-kabel televideniya yo‘nalishida faoliyat yurituvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati yuzasidan 2016 yilning birinchi yarim yilligi davomida jami 23 ta kelib tushgan murojaat, Radioeshittirish va televideniya bo‘limi tomonidan o‘rganilganda, kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi “Inform Service TV” MCHJ tomonidan taqdim etilayotgan kabel televidenyasi xizmatlari sifatsizligi yuzasidan bo‘lganligi aniqlangan.

“Inform Service TV” MCHJ tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarini sifatli yo‘lga qo‘yish maqsadida “Inform Service TV” MCHJ rahbariyati bilan tegishli ishlar olib borildi va abonentlar tomonidan bo‘layotgan murojaatlarni qabul qilishga qo‘shimcha elektron shaklda (jaloba@istv.uz) murojaatlarni qabul qilish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, Respublikaning tog‘li hududlarida O‘zMTRK telekanalari sonini ko‘paytirish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.

Ushbu murojatlarga javoban O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 17 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyaga texnik va texnologik o‘tish” davlat dasturi bo‘yicha tegishli ishlar olib borilayotganligi va 2017 yil Respublikaning 100% aholisi raqamli teledasturlar bilan ta’minlanishi haqida Inspeksiya tomonidan ma’lumotlar berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq