Koreya Respublikasida trening
13.07.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2016-yil 15-25 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori Sh.Xabibullayev, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Matbuot xizmati katta referenti Z.Aslanovdan iborat O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Saylovda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning salohiyatini oshirish bo‘yicha dasturda ishtirok etishdi. Trening Koreya Respublikasi Inchxon shahrida Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi (BSOA) tomonidan tashkil etildi.

kor_13_07_2016

Uning ishida BSOAga 10ta a’zo davlat saylov organlarining 19 nafar vakillari qatnashdi. Dastur ingliz tilida amalga oshirildi. Trening dasturi doirasida saylovda AKTdan foydalanish masalalari bo‘yicha muayyan bilim va tajribaga ega bo‘lgan BSOA, Koreya Respublikasi davlat organlarining yetakchi mutaxassislari va ekspertlari hamda xorijiy universitetlarning professorlari o‘z ma’ruzalari bilan so‘zga chiqdilar.

Trening davomida saylov jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning amaliy masalalari, shuningdek BSOAga a’zo davlatlarning saylovda AKTdan foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajribasi muhokama etildi.

Trening samarali muloqot va fikrlar almashuvi ruhida bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq