Davlat organlari vakillari uchun navbatdagi “Haftalik kollegial seminar”
11.07.2016
Rukn: Yangiliklar, Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2016 yil 7 iyul kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimiyati huzuridagi “Yagona darcha” markazida davlat organlari vakillari uchun “Yagona darcha” markazlarining tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan ustuvor interaktiv davlat xizmatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar” mavzuidagi navbatdagi haftalik seminar bo‘lib o‘tdi.

sem_11_07_2016

Seminar “Elektron hukumat” markazi tomonidan Toshkent shahar hokimiyati va Yunusobod tumani hokimiyati huzuridagi “Yagona darcha” markazi hamkorligida tashkil etildi.

Seminarda “Yagona darcha” markazi faoliyati va tamoyillari, funksiya va vazifalari hamda tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar jarayonlari va boshqa masalalar muhokama qilindi.

sem_11_07_2016_1

Bundan tashqari “Yagona darcha” markazlarining bugungi kundagi mavjud kamchiliklari ko‘rib chiqilib, ular faoliyatini takomillashtirish va kelgusida rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilari Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimiyati huzuridagi “Yagona darcha” markazining tuzilishi va faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq