O‘qitish tizimi va uni boshqarish modeli
07.07.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Dilshod Mirzayev.

Hozirgi davrda ta’limning elektron shakli jadal rivojlanib borayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz. Bu holat elektron ta’lim tizimi va ko‘plab boshqa ishlab chiqarish vositalarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Elektron ta’lim tizimi foydalanuvchiga o‘quv materiallari va ulardan olingan bilimlarni test topshiriqlaridan foydalanib, tekshirish imkoniyatini taqdim etadi. Zamonaviy talablarga muvofiq, o‘quv jarayoni murakkablashib borayotgan bir vaqtda, ta’limda o‘quv vositalaridan foydalanish o‘zlashtirishni osonlashtirib, qiziqarlilik jihatini oshirmoqda.

Elektron ta’lim texnologiyasining rivoji elektron o‘qitish ti­zimida ta’lim strategiyasining tuzilishi va har bir o‘quvchi uchun o‘quv materiallarini yakka tartibda taqdim etish kabi imkoniyatlarni bermoqda. Shunga muvofiq ishlab chiqarishga sarf-xarajatlar, doimiy talablarning o‘sishi va elektron ta’lim tizimini amalga oshirishda zaruriy baholash va boshqarish sifatlari shakllandi. Hozirgi avtomatlashtirilgan ta’lim tizimi sifatini baholash uslublari o‘qish jarayoni natijalari nuqtai nazaridan, o‘qitish tizimlarini baholashga, shuningdek, ushbu uslublar umumiy bo‘lib, paydo bo‘lgan va elektron ta’lim tizimi hayot siklining turli bosqichlari sifatini boshqarishga yetarli darajada imkon bermaydi.

Shu sababli ham elektron ta’lim tizimi sifatini baholash mezonlari va usullari o‘qitish jarayoni sifatini boshqarishni amalga oshi­rishga imkon beruvchi, joriy etish va foydalanish bosqichlarini ish­lab chiqish zarur. O‘qitishning barcha xususiyatlari mujassam­langan ishlanmaning uslubi va o‘rganilayotgan fan bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini baholashda darajalarga ajratish tizimining ishlashi hamda o‘lchov xususiyatlarini aniqlashtirish zarurati yuzaga keladi. Mazkur qoidalar birinchi navbatda, tizim bilan uning ishlash natijalari bo‘yicha o‘qitish modelining o‘zidagi o‘zgarishlarni kuzatishni talab etadi.

O‘qitish modeli quyidagi: ta’lim maqsadi haqida; o‘quv kursi doirasida o‘rganuvchining bilimi haqida (o‘quv kursining joriy holati); nazorat savollari va vazifalar tanlovi hamda o‘quv materiallarini uzatish asoslari haqida; o‘quvchilar bilan ishlash natijalari bo‘yicha o‘qitish modelining o‘zgarishi qoidalari haqida axborotlarni jamlashi kerak. Har bir o‘rganuvchiga tizimning boshlang‘ich sozlanishni ajratish va o‘rganuvchi bilan kelajakda ishlash uchun baza paydo qilishda ko‘plab o‘quv materiallari va tizim bilan ishlashda o‘ziga maqsad berilgan bo‘lishi zarur. Keng tarqalgan o‘qitish modellari quyidagi: overleyli; har xillilik; o‘zgarishlilik jihatlaridan iborat.

Bunday modellarni qurishda ikki asosiy yo‘nalishni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ekspert o‘qitish tizimlaridagi o‘qitish modellari mazmunida o‘rganuvchilar bilan tizim muloqoti jarayonini boshqarish xususiyatlari ahamiyatiga asoslangan barcha qoidalar va ko‘rsatkichlar majmuasi tushuniladi. Boshqa turdagi o‘qitish tizimlaridagi o‘qitish modellarida o‘qitilayotgan fan bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini ajratish va o‘quvchi­larning tizim bilan ishlash ko‘rsatkichlari majmuasi tushuniladi. Shunga qaramay, o‘qitish modelini ko‘rsatkichlar majmui sifatida tushunish — bu juda ham tor tushuncha bo‘lgan bo‘lardi. Ushbu xususiyatlar majmui uslublarsiz o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Shunday qilib, o‘qitish modelini mazkur majmuaning barcha uslublari va o‘qitish xususiyatlari yig‘indisining yaratilishi sifatida ta’riflash mumkin.

Ekspert o‘qitish tizimlarida bu qoidalar ushbu soha mutaxassislari bilan o‘quvchilar muloqotining yuqori sifatda imitatsiya qilishga imkon beruvchi aniq dasturiy ta’minotiga bog‘liq. Biroq adaptiv o‘qitish tizimlari aniq dasturiy ta’minotga mo‘ljallangan bo‘lmasligi mumkin, chunki o‘qitish modelida ko‘rsatilgan qoidalar boshqacha bo‘lishi kerak. Birinchi navbatda, bu qoidalarga muvofiq tizim bilan ishlash natijalari bo‘yicha o‘qitish modeli o‘z o‘zgarishlarini namo­yon etishi kerak. Bu o‘qituvchilarga mazkur modellarni shakllantirishni boshqarishga, shuningdek, dasturlashni algoritmik sozla­nishlarsiz amalga oshirishga imkon beradi.

O‘quv materiallarini o‘zlashtirish modeli. O‘quv materiallarini o‘zlashtirish modeli mavzuning qanday izchillikda o‘rgatish va ular orasida mantiqiy bog‘liqlikni aks ettiradi. O‘quv kursini lo­yihalashning boshlang‘ich bosqichlarida o‘quv materialini o‘rga­nishni rejalashtirish uchun alohida o‘quv elementlari ishlab chiqiladi. Model tarkibi — o‘quv elementlarining mantiqiy bog‘liqligi va matritsa tartibli munosabatlarga, o‘quv elementlarini o‘rganish izchilligiga o‘quv elementlari mantiqiy aloqasi chizmasiga asoslangan. Mazkur model quyidagi to‘rt bosqichdan iborat:

  • o‘quv elementlarining matritsa tartibli munosabatini shakllan­tirish;
  • o‘quv elementlari ro‘yxati ko‘rinishida o‘quv materiallarini o‘rganish ketma-ketligini tizim va matritsa tartibli munosabatda ishlab chiqish;
  • o‘quv elementlarining mantiqiy matritsali bog‘liqligini shakllantirish;
  • o‘quv elementlarining mantiqiy bog‘liqligi chizmasini tuzish.

Pedagogik testlash modeli. Pedagogik testlash modeli o‘rga­nuvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda qo‘llani­ladi. Bu sohada ko‘p tarqalgan modellar quyidagilardan iborat:

  • klassik;
  • murakkab vazifali klassik model;
  • murakkabligi ortib boruvchi model;
  • o‘zlashtirish darajalari bo‘yicha vazifalarni ajratish modeli;
  • vazifalarga javob berish vaqtini hisoblash modeli;
  • testga chegaralangan vaqt bo‘yicha model;
  • moslashuvchan model;
  • ssenariy bo‘yicha model.

Model kombinitsiyalangan bo‘lishi mumkin. Masalan: vazifalar murakkabligi va vazifaga javob berish vaqti bilan birga, klassik model; test vaqti chegaralangan model bilan vazifalar murakkabligi ortib boruvchi model; vazifaga javob berish vaqti hisobli va adaptiv model; noaniq matematika va vazifaga javob berish vaqti hisobli model; vazifalar murakkabligi hisobli va o‘zlashtirish darajalari bo‘yicha vazifalar taqsimlangan model va boshqalar.

Aniq bo‘lmagan matematik pedagogik testlash modeli. Ushbu model boshqa ixtiyoriy pedagogik testlashning o‘sishida bo‘ladi, chunki ularda aniq xarakterli test vazifalari va javoblari bilan birga, aniq bo‘lmagan o‘xshashliklardan foydalaniladi. Bunda quyidagilar xizmat qilishi mumkin:

  • murakkab vazifalar («oson», «o‘rtacha», «yuqori o‘rta», «qiyin»);
  • javoblar to‘g‘riligi («to‘g‘ri», «qisman to‘g‘ri», «ko‘proq noto‘g‘ri», «noto‘g‘ri»);
  • javoblar vaqti («kichik», «o‘rtacha», «katta», «juda katta»);
  • yakuniy baholashning to‘g‘ri javoblari foizlarda («kichik», «o‘rtacha», «katta», «juda katta») va boshqalar. Aniq bo‘lmagan xususiyatlar kirishi o‘qituvchilarga testlarni ishlab chiqishda yordam berishi mumkin. Masalan, o‘qituvchi vazifaning murakkab yoki osonligini yetarlicha tezlikda ajratishi mumkin, biroq 100 balli shkala yoki aniq baholash bo‘yicha ikki murakkab vazifaning qiyinligi jihatidan farqini aytish yetarlicha oson bo‘lmaydi. O‘rganuvchiga testlash natijasida yig‘ilgan aniq ballardan ko‘ra aniq bo‘lmagan baholash nuqtai nazaridan uning bilimini «yaxshi», «a’lo», «qoniqarli» ko‘rinishi ko‘proq tushunarli bo‘ladi.

Ssenariy bo‘yicha pedagogik testlash modeli. Quyidagi jihatlar o‘qituvchilar tomonidan testlar ssenariysini shakllantirishda qo‘llaniladi: testda har bir mavzu bo‘yicha qancha vazifalar soni mavjud bo‘lishi; testda murakkabligi darajasi bo‘yicha bir qancha vazifalar soni mavjud bo‘lishi; testda har bir shakl bo‘yicha bir qancha vazifalar soni mavjud bo‘lishi; testlar uchun ajratiladigan vaqt; boshqa ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lishi.

Ssenariyni o‘quv kursining ixtiyoriy hajmi: bo‘limlar, fanlar, muta­xassisliklar bo‘yicha yaratish mumkin. Bevosita testlashtirishda har bir testning murakkablik darajasi, mavzusi, shakllari bo‘yicha vazifalar tanlash va shuningdek, umumiy vazifalar bazasida tasodifiy tarzda kelib chiqadi. Shuning uchun har bir o‘rganuvchi o‘zining vazifasini oladi.

Olingan testlar barcha o‘rganuvchilar uchun paralell ko‘rinishda, shuningdek, vazifalar bir xil miqdorda va darajada murakkablik yig‘indisiga ega bo‘ladi, biroq modeldan farqi murakkab jihatining o‘sib borishi bilan barcha o‘rganuvchilar uchun mutloq bir xil shartli testlashni ta’minlash, demak, har bir mavzu bo‘yicha qancha va qanday vazifalar bo‘lishi kerakligini bu yerda test ishlab chiquvchilar o‘zlari hal qilishlari, shuningdek, paralellikni ta’minlashlari zarur.

Ushbu modelni adaptiv model bilan taqqoslash kam samara beradi, shuningdek, har bir o‘rganuvchining individuallik asoslariga sozlana olmaydi, yagona ustunligi psixologik xarakterining ustunligi: adaptiv model bo‘yicha testlashda o‘rganuvchi turli miqdordagi savollarga javob beradi va xuddi har xil shartlarda joylashadi.

Ssenariy bo‘yicha testlash paytida barcha o‘quvchilar har bir mavzu va murakkablik darajasi bo‘yicha bir xil miqdorda savollar oladi. Testlash natijalari ishonchliligi bilan ishonchlilik solishtiri­lishida testlashda murakkablik jihatining oshib borishi olinadi.

Murakkablikning oshib borishi bilan pedagogik testlash modeli. Bilim sohasi qismi yoki bir qancha qismlari, ajratilgan qismlari bo‘yicha n ta vazifaga ega. Har bir vazifa murakkablik ajratgan darajasiga ega. Ti; i=1, 2, 3 … n.

Murakkablikning m darajasi mavjud. Testdagi vazifalarda qi­yinlikning barcha darajalari bo‘lishi shart. Bunda ko‘plab vazifalardan tasodifiy ko‘rinishda k ta vazifani tanlaydi (k<n) o‘rganuvchi taklifidan keyin tanlangan vazifalar qiyinlik darajasi bo‘yicha saralanadi. Vazifalar miqdori har bir daraja bo‘yicha bir xil yoxud murakkablik darajasi bo‘yicha mo‘tadil qonunga bo‘ysunadigan bo‘lishi kerak. Testlash natijalari murakkablik darajalari singari ajratiladi. Ushbu model murakkablik bo‘yicha paralellikni, ya’ni testlash natijalari­ning ishonchliligini klassik modellardan ham yuqoriligini ta’minlaydi.

Test vaqtini chegaralanishi bilan pedagogik testlash modeli. Bu test vaqtini chegaralanishi bilan pedagogik testlash modelida ko‘plab vazifalardan tasodifiy ko‘rinishda n ta vazifalarni tanlab oladi va test o‘tkazish uchun maksimum (tanlangan barcha vazifalarga javob berishni) vaqtni ko‘rsatadi. Testlash natijalari nafaqat o‘r­ganuvchilarni o‘sha vazifani bajarishini baholashi, balki be­rilgan vaqt o‘rganuvchilarning javob berishga ulgurishi ham kerak. Testning o‘zi klassik modellar, vazifaning murakkabligi yoki murakkablik jihatining oshib borishi bo‘yicha qurilgan bo‘lishi mumkin.

Bir qancha ishlarda vazifalar testlash vaqti shunday o‘rnatiladiki, murakkabligi oshishi bo‘yicha xatto eng kuchli o‘rganuvchi ham testdagi vazifalarning hech biriga javob berolmaydigan qilib saralanadi. Bu usul o‘rganuvchi ko‘z oldida, barcha vazifalarni darhol testlash blankalarida ko‘rgan vaqtida, taklifi qabul qilinadi. Buning tub mohiyati shundaki, o‘rganuvchi barcha vazifalarga javob berib bo‘lgandan keyin vaqt qolsa, o‘zining javoblaridan shubhalanib to‘g‘ri javobni noto‘g‘risiga almashtirib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun test vaqtini chegaralash yoki testdagi barcha vazifalarga javob berib bo‘lgandan keyin darhol blankalarning olib qo‘yilishi tavsiya etiladi.

O‘zlashtirish darajasi bo‘yicha vazifalar bo‘linishi bilan pe­dagogik testlash modeli. Test vazifalarini o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning 5 darajasining har biriga tuziladi. Boshida testlash 0 darajadan keyin 1, 2 va boshqalari bo‘yicha vazifalardan foydalanib o‘tkaziladi. Bir darajadan keyingi darajaga o‘tishdan oldin ushbu darajadagi o‘quv materiallarini egallagan darajasi hisoblanadi va keyingi dara­jaga o‘tish imkoniyati ko‘rsatiladi. O‘quv materialini egallagan bosqi­chi­ni o‘lchash uchun har bir darajaning koeffitsiyentidan foydalaniladi.

Vazifaga javob berish vaqti bilan pedagogik testlash modeli. Testlash natijalari har bir vazifaga javob berish vaqtini hisoblab ajratiladi. Bu vazifalarga mustaqil javob bermaganlik imkoniyatini hisobga olish uchun amalga oshirilgan: o‘rganuvchi javoblarni qo‘llanma yoki boshqa manbalardan topadi va barcha vazifaga to‘g‘ri javob beradi, lekin eng past ball to‘playdi. Boshqa tomondan, agar u boshqa chetki manbalardan foydalanmasa ham, biroq uzoq o‘ylab javob be­rishi uning nazariy bilimlarni yaxshi o‘zlashtirmaganligidan dalolat beradi, natijada hamma javob to‘g‘ri bo‘lsa ham, past baholanadi. Vaqt hisobi modeli vazifalar murakkabligi modeli bilan birgalikdagi asoslanib, testlash natijalarining ishonchliligini oshiradi.

Psixologik testlash modeli. Bu o‘rganuvchiga testli vazifalar ketma-ketligini ko‘rsatish va testlash natijalari bo‘yicha uning bilim darajasini ajratish uslubidir. Psixologik testlash modeli va pedago­gik testlash modeli bir-biridan farq qiladi. «O‘quv multimedia ilo­valari» maxsus o‘quv kursi dasturi o‘zida oliy va o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonidagi zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanilish sohala­ridagi mutaxassislarning malakasini va qo‘shimcha kasbiy bilimini oshirish majmuali dastur tarkibiy qismi sifatini jamlagan.

Xulosa qilib aytganda, elektron ta’lim tizimi sifatini baholash mezonlari va usullari o‘qitish jarayoni sifatini boshqarishni amalga oshirishga imkon beruvchi tizimni ishlab chiqish, joriy etish va foydalanish muhim ahamiyatga molikdir.

Muallif: Dilshod Mirzayev, TATU, katta ilmiy xodim-izlanuvchi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq