Withings Body Cardio aqlli torozi pulsli to‘lqin tarqalishi tezligini aniqlashga qodir
06.07.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

cardi_6_07_2016

Ishlab chiqaruvchi mahsulot turlari qatori Body Cardio modeli bilan to‘ldirildi. Qurilma tana og‘irligi, shuningdek, yog‘ va suyaklar foizi indeksini aniqlay olishi bilan farqlanib turadi. Bundan tashqari, tarozi yurak-qon tomir tizimi holatini kuzatishga qodir. Mazkur holatda to‘lqin tarqalishi tezligini aniqlashga javob beruvchi Pulse Wave Velocity (PVW) texnologiyasi mavjudligi bilan tarozi yurak qisqarishi chastotasini aniqlaydi.

Albatta, tibbiy uskunalarning o‘rnini to‘liq almashtirish haqida gap bo‘lishi mumkin emas, biroq uy sharoitida ushbu qurilma funksiyalari juda qo‘l keladi. Shu tariqa, Body Cardio sport bilan shug‘ullanish davrida inson salomatligi holatini kuzatishga yordam beradi. Albatta, qurilma oila a’zolaridan kimdir tarozga chiqqanligini aniqlay oladi. Tarozdagi kichik displey simsiz tarmoqqa ulanib, ob-havoni ham aks ettira oladi. Kiritilgan akkumulyatori sig‘imi bir yil ishlashga yetarli bo‘ladi. Shuningdek, Body Cardio egasi tibbiy mutaxassislarga o‘z holati ma’lumotlarini jo‘nata oladi.

Yangi qurilma yaqinda sotuvga chiqariladi.

Manba: www.withings.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq