WISP kompyuteri quvvatni havodan oladi
06.07.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

wisp_6_07_2016

Mana ko‘p yillardan buyon Internet vositalari inson hayotini o‘zgartirib yubora olishi mumkinligi haqidagi fikrlarni eshita­miz. Shunday bo‘lsada, bu qachon sodir bo‘lishi hozircha ma’lum emas. Hozirgi vaqtda ko‘plab turli smart-buyumlarni sotib olish mumkin, biroq o‘z atrofini «aqlli» gadjetlar va datchiklar tarmoq­lari bilan o‘rab olishning hozircha imkoni yo‘q. Birinchi navbatda — bunga akkumulyatorlar yaratishga oid texnologiyalar hali yetarli darajada rivojlanmaganligi sababdir.

Mazkur muammoni hal etishga oid tadqiqot bilan Vashington shtati Universiteti olimlari shug‘ullandilar. Ular WISP (bu qisqartma so‘zning tarjimasi taxminan «simsiz identifikatsiya uchun sensorli platforma» tu­shunchasini ifoda etadi) nomli mini-kompyuterni yaratdilar. Gadjet quvvatni radito‘lqinlardan olishga qodir. Kompyuterga hattoki simsiz maxsus tizimning ham keragi yo‘q — oddiygina radiochastota identifikatsiyalarini qabul qilgichning o‘zi kifoya. WISP manba sifatida quvvatni kuchli bo‘lmagan protsessorda ham — masalan, FitBit gadjeti quvvatlangani kabi generatsiyalay oladi. Albatta, bu kuchli kom­pyuter yoki hattoki, smartfonlarni quvvat bilan ta’minlashdan ancha yiroq. Biroq sensorlar ishini ta’minlash va ma’lumotlar uzatishga quvvati yetadi.

Mazkkur cheklovlariga qaramay, WISP batareyasiz ishlaydigan har qanday kompyuterdan kuchli hisoblanadi. Bundan tashqari, shunisi ham muhimki, kompyuter boshqa qurilmalar bilan xabarlasha oladi. Buni Morze alifbosiga o‘xshash — signallar seriyasi yordamida amalga oshiradi. Mazkur signallarni simsiz usulda dasturlashtirish mumkin. WISP kompyuteridan qurilish va arxitektura sohasida foydalanish mumkin: kiritilgan datchiklar tabiat hodisa­lari sodir bo‘lganida qurilishning mustahkamligini monitoring qi­lish imkonini bergan bo‘lardi. Undan qishloq xo‘jaligida hosilni kuzatib turishda ham foydalanish mumkin. Bundan tashqari, undan akkumulyatorlarni nosozlikda almashtirishda gadjetlarning bir qismi sifatida ham foydalanish mumkin — masalan, agar aso­siy akkumulyator quvvatsizlanib qolsa, tezkor qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Manba: www.onegadget.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq