Microsoft LinkedInni 26,2 mlrd. dollarga sotib olmoqda
06.07.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Microsoft va LinkedIn kompaniyalari Microsoft LinkedInni aksiyaga 196 dollar bahosida sotib olishi haqida bitim tuzganlarini ma’lum qildilar. Bitimning umumiy narxi 26,2 mlrd. dollarni tashkil etadi. Xarid haqidagi xabarda LinkedIn kompaniyasi bosh direktori sifatida Jeff Veyner (Jeff Weiner) qolishi ma’lum qilingan, kompaniyaning o‘zi ham xususiy «o‘ziga xos belgisi, madaniyat va mustaqillik»ni saqlab qoladi. Bitimning yakunlanishi yilning oxiriga belgilangan.

mic_6_07_2016

Microsoft mazkur xaridini yangi qimmatli qog‘ozlarini chiqarish evaziga moliyalashtirishni rejalashtirgan. Microsoft hisobotlarida LinkedInning moliyaviy ko‘rsatkichlari Productivity and Business Processes segmentiga kititiladi. LinkedIn — ishbilarmonlik munosabatlarini izlash va o‘rnatish uchun yirik ijtimoiy tarmoqdir. 2015-yil yakuniga ko‘ra LinkedInda biznesning 150 sohasidan 400 mln.dan ortiq foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tgan.

Manba: http://news.microsoft.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq