Jahonda birinchi ming yadroli prosessor yaratildi
06.07.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

proc_6_07_2016

Kaliforniya universiteti olimlari KiloCore nomli mikroprosessor yaratilganligi haqida so‘zlab berdilar. Ishlab chiqaruvchilar fikriga qaraganda, bu jahonda birinchi har biri mustaqil amal qiladigan, 1000 (ming) yadroli prosessordir.

KiloCore ishlab chiqarish quvvati bir soniyada 1,78 trillionta yo‘riqnomani tashkil etadi. IBM kompaniyasi 32-nanometrli CMOS-texnologiyasidan foydalanib, 621 mln. tranzistor chipini ishlab chiqradi. Har bir prosessor yadrosi boshqalarga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z xususiy mini-dasturini bajara oladi. Maksimal o‘rtacha taktli chastotasi 1,78 GGs.ni tashkil etadi. Yadro alohida xotira yordamisiz o‘zaro bevosita ma’lumotlarni uzata oladi, shu tariqa, an’anaviy ma’lumotlar uzatish «joy torligi» masalasi hal bo‘ladi. Bundan tashqari, prosessor energiyaga samaraliligi bilan ham farq qiladi. Masalan, mingyadrolik qurilma soniyasiga 115 milliard instruksiyalarni bajarishda 0,7 Vt sarflaydi, ya’ni shunday rejimda AA formati batareykasidan to‘yina oladi. KiloCore ishlab chiqaruvchilari ta’kidlashicha, instruksiyalar zamonaviy noutbuk prosessorlaridan 100 marta samaraliroqdir. Prosessor uchun simsiz aloqa, videoni qayta ishlash va boshqa DTlarni shifrlashtirishga yordam beruvchi kodlashtirish/dekodlashtirish ilovalari yaratilgan.

Manba: www.ferra.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq