IHS analitiklari Internetga ulanish iste’mol qurilmalarining soni jahonda 8 mlrd.dan ortganligini ta’kidlamoqdalar
06.07.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

IHS analitik kompaniyasi mutaxassislari Internet tarmog‘iga ulangan iste’molchilik qurilmalarining umumiy sonini hisoblab chiqdilar. 2015-yil oxirida jahonda smartfon, planshet, shaxsiy va mobil kompyuterlari, aqlli televizorlar, abonent pristavkalari va boshqa shunday qurilmalar soni 8,1 mlrd.ni tashkil etishi hisobga olingan. Bu o‘rtacha hisobda har bir oilaga to‘rtta qurilma to‘g‘ri kelishini anglatadi.

ihs_6_07_2016

IHS hisobiga ko‘ra, smartfonlar ko‘proq sonli ekanligi ma’lum bo‘ldi — ularning soni 3,377 mlrd. donani tashkil etdi. Nisbatan olganda: planshetlar jami 0,733 mlrd. dona, ya’ni 4,6 marta kam ekanligi ma’lum bo‘ldi. Analitiklar bu farq ortib borishini taxmin qilmoqdalar va 2020-yilda bir planshetga deyarli 10 smartfon to‘g‘ri kelishi mumkin. Ikkinchi o‘rinda shaxsiy kompyuterlar bo‘lib, bu ko‘rsatkich 1,845 mlrd. donani tashkil etadi.

Manba: http://press.ihs.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq