Huawei Samsung va Appledan smartfonlar bozorida o‘zib ketishni rejalashtirgan
06.07.2016
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

huawei_6_07_2016

Huawei Technologies Co. Xitoy kompaniyasi yaqin 5 yil mobaynida Samsung va Appledan smartfonlar bozorida o‘zib ketish va mobil qurilmalari yirik ishlab chiqaruvchisiga aylanishni rejalashtirgan. Uning jahon bozoridagi ulushi 25 foizdan oshib ketishi zarur. Bu haqda The Wall Street Journal tomonidan tashkil etilgan Gonkong Konvergent texnologiyasi konferensiyasida Huawei kompaniyasi ijrochi direktori Yu. Richard ma’lum qildi.

«Biz jahonda yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchisi bo‘lishni xohlaymiz. Bu uzoq vaqt va sabr-chidamni talab etadi», — dedi Yu. Richard. Huawei ijrochi direktorining so‘zlariga qaraganda, virtual reallik yangi texnologiyalarining rivojlanishiga urg‘u berilgan.

«VR dasturiy platforma (virtual reallik) yetkazib beruvchisi bo‘lgan Alphabet Inc.’s Google kompaniyasi bilan hamkorlikda Huawei tomonidan joriy yil kuz faslida VR-platformasiga mos-lashtirilgan smartfon ishlab chiqarishni rejalashtirilgan», — sharhlaydi Yu.Richard. Huawei Ericsson kompaniyasi bilan bir qatorda telekommunikasiya tarmoqlari yetkazib beruvchilaridan bo‘lib hisoblanadi va shu sohada rivojlanib bormoqda. Keyingi 5 yilda kompaniya mobil qurilmalari — smartfonlar ishlab chiqarishda yutuqlarga erishdi. Gartner kompaniyasi taqdiqotchilari bergan ma’lumotlarga ko‘ra jahon smartfonlar bozorida Huawei kompaniyasining ulushi joriy yil birinchi choragida 8,3 foizni tashkil etdi. Samsung kompaniyasining ulushi — 23%, Apple kompaniyasining ulushi —15 foizdan iborat bo‘ldi. 2016-yil birinchi choragida jahon smartfonlar bozorida smartfonlar Huawei savdosi o‘tgan yil shu davriga nisbatan 59 fozga o‘sdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq