79% faollik trekerlarining egalari muntazam sport bilan shug‘ullanadilar
06.07.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

NPD Group analitiklari AQSHdagi olib yurish mumkin bo‘lgan elektronika bozorini odatiy nuqtai nazardan baholadilar. Turli toifadagi foydalanuvchilar o‘rtasida faollik trekerlari va aqlli soatlar keng ommalashganligi ma’lum bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, ushbu segmentlar faol o‘sishda davom etmoqda, aslida, faollik trekerlari ancha ommaboproq.

Ularni solishtirib o‘rganilishi ko‘rsati­lishicha asosiy sinov guruhi — yuguruvchi sportchilar bo‘lib hi­soblanadi. Aqlli soatlar egalarining 22 foizi, faol trekerlar sohiblarining esa biroz kamrog‘i — 21 foizi muntazam ravishda yugurish bilan shug‘ullanadilar.

trek_6_07_2016

Bunday qurilmalar egalarining umuman olganda, 79 foizi, ya’ni faollik monitori foydalanuvchilari muntazam ravishda, sport bilan shug‘ullanadilar. Aqlli soatlar foydalanuvchilari orasida esa bu ko‘rsatkich 66 foizni tashkil etadi. Shuningdek, olib yuri­ladigan elektronikadan foydalanmaydiganlarning 47 foizi sport bilan haftasiga kamida uch marta shug‘ullanadi, yaqin vaqt ichida shunday qurilma sotib olishni rejalashtirayotganliklarini ma’lum qilganlar.

Manba: www.connected-intelligence.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq